Fayl deskriptori ― manfiy boʻlmagan butun sondir. Yangi kiritish-chiqarish oqimi yaratilganda, yadro oqimini yaratgan jarayonga oʻzining fayl identifikatorini qaytaradi.

Barcha kirish-chiqish oqimlariga (fayllar, shuningdek, kataloglar, rozetkalar va FIFOlar bilan bogʻlanishi mumkin) fayldeskriptorlari orqali kirish mumkin.

Odatiy boʻlib, Unix qobiqlari 0 fayl deskriptorini jarayonning standart kiritish (klaviatura) bilan, fayl identifikatori 1ni standart chiqish (terminal) bilan va fayl identifikatori 2ni diagnostika oqimi bilan (odatda xato xabarlari yoziladi) bog‘laydi. Ushbu kelishivga koʻplab Unix qobiqlari va ko‘plab ilovalar tomonidan amal qilinadii va har qanday holatda ham yadroning qismiga aylanmaydi.

POSIX.1 standarti „sehrli raqamlar“ 0,1,2 larni STDIN_FILENO, STDOUT_FILENO va STDERR_FILENO ramziy konstantalariga almashtirdi.

Fayl deskriptorlari 0 dan OPEN_MAX gacha qiymatlarni qabul qilishi mumkin. POSIX.1 ga muvofiq OPEN_MAX qiymati 19 ga teng. Real operatsion tizimlarda bu qiymat yuqoriroq natijani tashkil qilshi mumkin.

Windows operatsion tizimida fayl deskriptorini CreateFile funksiyasi bilan ochishingiz kerak. Olingan deskriptor(yoki handle)dan keyinchalik ushbu fayl bilan ishlash foydalanish mumkin. Agar u drayver bo‘lsa, tutqich DeviceIoControl funksiyasida ishlatiladi.

Yana qarang tahrir