Devona Husomiy — (XV asrning oxiri—XVI asrning boshi) — forsigoʼy shoir, alloma va muhaddis. Devona Husomiyning tug‘ilgan yeri Xiva (Xorazmdir). Darvesh, qalandar bo’lgan[1]. “Muzakkiri ahbob”da yozilganki, Devona Xusomiy haj safariga borayotganda bir viloyatning hukmdori: “Ey, Devona Husomiy, ne hohishingiz bo‘lsa, mendan tilang!” - deb iltimos qilibdi. Devona unga: “Mening bir iltimosim bor, pashshalarga buyuring, menga ozor bermasinlar!”. Hukmdor deydi: “Pashshalarga mening hukmim o‘tmaydi!” Devona deydi: “Arzimas pashshaga hukmi o‘tmaydigan odamdan men neni tilashim mumkin?”. Hokim bu javobdan mulzam bo‘lgan ekan, Devona esa hech narsa so‘ramay ketgan ekanlar. Devona Husomiy Buxoroyi sharifda ham yashagan va g‘azallar ham yozgan: Chashmi purxuni Husomiy manqali pur otash ast, Har taraf mujgon, bar o‘ sixi kabob az jigar ast. Darveshali Changiyning “Tuhfat us surur” nomli musiqaga doir asari bor. U bu asarini Buxoro hukmdori Imomqulixonga atab 1611-yilda yozgan. Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Dilbar Rashidiy “Tuhfat us surur” dan bir necha parchalarni gazetada eʼlon qilgan. Mazkur parchalarda Devona Husomiy bilan Hazrat Xoja Ahror Valiy oralarida bo‘lib o‘tgan voqealar bayon qilingan. Devona Husomiy Hazrat Ahrorga murid bo‘lgan. Mazkur asarda naql etilishicha, Devona Husomiy Qorako‘ldan Samarqandga boradi. Ittifoqo Ramazon oyi bo‘lgan ekan. Devona esa Xoja Muhammad Dashtiy Qatag‘on rahmatullohi alayh mozorlarida peshin payti non tanovul qila boshlaydi. Olomon uning ustiga yopirilib keladi va narsa yemoqlikni man etadi. U esa tanbeh beruvchilar gapiga parvo qilmay, yeyaveradi. Bu gap Hazrat Xoja Ahror Valiyga borib yetganda, Hazrat oyoq yalang ulovga minib Devonaning yoniga keladilar va unga: “Ey, devona, sen musulmonmi?” -deydilar. U “Alhamdulillah!” - deydi. Hazrat: “Musulmonlik binosi nechtadir?” - deydilar. U aytadiki: “Bitta!” Hazrat Xoja Ahror bu javobdan tabassum qilib deydilar. “Qanday?” U deydi: “Chunki qolgan ikkitasi, yaʼni zakotu hajini siz yegansiz qolgan ikkitasi, yaʼni namozu ro‘zasini men yeganman. Shu bois bittasi, yaʼni lo iloha illolloh qolgan”. Ushbu javob Hazrat Xoja Ahror Valiyga bag‘oyat xush keldi va Devonani o‘zlari bilan birga olib bordilar. Devona Xusomiy XV asrning oxiri — XVI asrning boshida yashab o‘tgan. U kishining qabri Qorako‘ldadir[2].

Muhaddis

Ism

Devona Husomiy

Tavalludi

XV asrning oxiri

Vafoti

XVI asrning boshi

Falsafa maktabi


Alisher Navoiy uni “Majolis un-nafois”ning 3-majlisida qayd etib, quyidagi matlasini keltirib oʼtadi:

Figʼon, ey doʼston, k-on laʼli shirin az havas moro

Bikushtu hech kas bar sar nayomad juz magas moro.

(Mazmuni: Ey doʼstlar, figʼonkim, ul shirin lab yor havas yuzasidan bizni oʼldirdi-yu, pashshadan oʼzga hech kim (xabar olish uchun) boshimizga kelmadi)[3][4].

Manbalar tahrir

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet. 
  3. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  4. "Majolis un-nafois".