Dilbar Abdurahmonova
Dilbar Gʻulomovna Abdurahmonova (1936.01.05, Moskva – 2018.20.03) – dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1969), Gʻ. Abdurahmonovning qizi. R. Glier no-midagi musiqa maktabini (1945–55), Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1960). 1957-yildan Navoiy teatri simfonik orkestrida skripkachi, 1960-yildan dirijyor, 1974–1990-yillarda bosh dirijyor. Ilk bor J. Verdining "Aida" operasiga dirijyorlik qilgan. Repertua-rida oʻzbek va chet el kompozitorlarining opera va baletlari mavjud. 70-yillarda asosan, balet spektakllari dirijyori sifatida shuhrat qozondi. "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy), "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafev), "Jizel" (A. Adan), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Sevgi tumori" (M. Ashrafiy), "Semurgʻ" (B. Brovsin), "Tanavor" (A. Kozlovskiy) va b. shular jumlasidan. Dilbar Abdurahmonova 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarda "Masharabozlar" (R. Leonkavallo), "Boʻron" (S. Vasilenko, M. Ashrafiy), "Hayotbaxsh oʻlim" (A. Xolminov), "Olovli farish-ta" (S. Prokofev), "Otello" (J. Verdi) va b. operalarni toʻliq tahrirda sahnalashtirdi. Kasbiy mahorat, musiqa dramaturgiyasi-ni ishonarli ochib berish A. ijodiga xos. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).[1]
Dilbar Abdurahmonova | |
---|---|
Tugʻilishi |
1-may 1936-yil |
Vafoti |
20-mart 2018-yil (81 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |