Diniy axloq
Diniy axloq – bevosita diniy dunyoqarash taʼsirida
shakllanadigan axloqiy tushunchalar va tamoyillar
majmuasidan iborat boʻlib, u diniy taʼlimotning tarkibiy
qismini tashkil qiladi. Dinning tarixiy turlari, ilk
diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlaridan har
birining oʻziga xos axloq meʼyorlari hamda talablari
ishlab chiqilgan boʻlib, barcha diniy taʼlimotlarda oʻziga
xos farqli jihatlari hamda umumiy jihatlari mavjuddir.
Masalan: Islom dinida poligamiya – koʻp nikohlilikka
ruxsat berilsa, hinduizm, buddizmda hayvonlarni
oʻldirish gunoh hisoblanadi. Xristianlikda, eng avvalo
katolitsizmda ruhoniylarning uylanishiga ruxsat
berilmaydi. Ruhoniylarga dindorlarning gunohlarini
kechirish huquqining berilishi ham diniy axloqning oʻziga
xos jihatlarini tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda jahondagi barcha diniy taʼlimotlar
tomonidan targʻib qilinadigan axloq tushunchalarining
mohiyati, talabi bir-biriga ancha yaqin boʻlib, barcha diniy taʼlimotlardagi axloqiy talablar dindorlardan xudoga
eʼtiqod qilishni, uning qudratiga ishonishni, doimo
iborat qilishni hamda hayotdagi turli lazzat, xursanchilik, rohat- farogʻatlardan oʻzini tiyishni talab qiladi. Diniy taʼlimot tomonidan targʻib qilinadigan axloqning maʼlum qismi sof diniy eʼtiqodlar tizimini oʻz ichiga olib, turli urf-odatlar va marosimlarda oʻz aksini topadi. Diniy axloq talablari va tamoyillari diniy taʼlimotlarda muqaddaslashtiriladi hamda barcha dindorlarning ilohiy tarzda vahiy qilingan bu diniy axloq meʼyorlariga itoat qilishlari talab qilinadi.
Insonning paydo boʻlib shakllanish jarayoni fanda
antroposotsiogenez deb atalib, insonda ong – tafakkurning
shakllanishi natijasida vujudga kelgan ijtimoiy ong
shakllari – diniy ong, axloqiy ong hamda estetik ongdan
iborat boʻlgan. Ilk diniy tasavvurlarning ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida murakkablashib, diniy tizimlar,
diniy taʼlimotlarga aylanib borishi jarayonida shu dinga
taalluqli boʻlgan axloqiy meʼyorlar hamda tamoyillar ham
takomillashtirib borgan.
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir davri hamda bosqichida
yashagan xalqlarning oʻziga xos axloqiy talab, tushuncha va meʼyorlari mavjud boʻlib, bu axloqiy meʼyorlar va tamoyillar muayyan diniy taʼlimotning mazmun – mohiyati bilan bogʻliq ravishda ishlab chiqilgan diniy axloqiy meʼyorlar sifatida eʼtirof etiladi. Bu axloqiy meʼyor va talablarni bajarish diniy eʼtiqodning muhim jihati boʻlib hisoblanadi.
Diniy axloq muayyan diniy taʼlimot negizida
ishlab chiqilgan hamda shakllantirilgan axloqiy
meʼyorlar, tushunchalar va talablar majmuasidan iborat
boʻlib, u umuminsoniy axloqiy qadriyatlar negizida
rivojlantiriladi. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar oʻz
navbatida umuminsoniy maʼnaviyatga tayanadi. Shuning uchun
insoniyat tarixidagi juda koʻplab diniy taʼlimotlarning
mazmun – mohiyatiga eʼtiborni qaratganda, umuminsoniy maʼnaviyat va axloqiy qadriyatlar asosida ishlab chiqilgan
diniy axloq meʼyorlari hamda tamoyillari yaqqol koʻzga
tashlanadi. Jahondagi juda koʻplab diniy taʼlimotlarda
shu dinga eʼtiqod qiluvchi dindorlar halol, pok boʻlishga,
vijdonan mehnat qilishga, mehr-shafqatli, kamtar kamsuqum
boʻlishga, boshqalarga yaxshilik qilishga daʼvat etiladi.
Diniy axloq koʻpgina diniy taʼlimotlarda bu insonning
ruhiy poklanish yoʻli boʻlib, diniy axloqiy talablarni
bajargan inson ruhan poklanib, oʻzini ruhiy jihatdan
abadiy hayotga tayyorlab borishga harakat qiladi. Diniy
axloq talablarini bajarib, ruhiy jihatdan poklanib
borgan inson tasavvuf taʼlimotga koʻra koʻngil koʻzi bilan
Ollohning jamolini mushohada qila boshlaydi. Jahondagi
koʻplab diniy taʼlimotlarning har birida oʻziga xos diniy
axloqiy talab va meʼyorlar tizimi ishlab chiqilgan boʻlib,
bu talab va meʼyorlar xalqning milliy mentalitetiga oʻziga
xos tarzda taʼsir koʻrsatgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda bozor munosabatlariga
asoslangan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati
barpo etilayotgan boʻlib, bu jamiyat dunyoviylik tamoyiliga asoslanadi. Oʻzbekistonda yangi jamiyat barpo kilish jarayonida dinga nisbatan boy tarixiy meros va maʼnaviy qadriyat sifatida yondoshilib, diniy axdoq meʼyorlaridan maʼnaviy pok va axloqiy goʻzal insonlarni tarbiyalash masalasida foydalanilmokda. Milliy istiqlol
mafkurasida ifodasini topgan dinlararo bagʻrikenglik
goyasi ham Oʻzbekistonda tinchlik – barqarorlik, turli
dinga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar oʻrtasida hamkorlik,
hamjihatlik, totuvlik munosabatlarining oʻrnatilishida
muhim omil boʻlib kelmoqda.
Axloqiy talablar, meʼyorlar va tamoyillar bugungi
kunda milliy davlat dinlarida ham, jahon dinlarida ham
bir muncha mukammal, tizimli ravishda ishlab chiqilgan
boʻlib, milliy maʼnaviyatning shakllanishida, milliy
mentalitetning davomiyligi va vorisiyligi jarayonlarida
diniy axdoqiy qadriyatlar muhim oʻrin tutib kelmoqda.
Xalqimizning tarixiy taraqqiyotida milliy urf-odat,
anana, udumlar, qadriyatlarimizning shakllanishida
dinning tarixiy shakllari, ilk diniy tasavvurlar ham, zardushtiylik dini va unda ilgari surilgan diniy axloqiy
gʻoyalar ham, koʻp millatli va diniy eʼtiqodli davlatda
Buddaviylik, Nasroniylik dinlarida ilgari surilgan
diniy ahloqiy talablar ham, maʼnaviyatimizning, milliy
mentalitetimizning, urf- odat va anʼanalarimizning
shakllanishiga va rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan
ilsom dinida ham, islom dini negizida vujudga kelgan
tasavvuf tariqatida ham diniy axloq meʼyorlari ishlab
chiqilgan boʻlib, Uzbekistonda adolatli jamiyat va barkamol insonni tarbiyalash jarayonida bu tarixiy maʼnaviy meros hamda diniy axloqiy qadriyatlardan foydalanish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 172.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.