Dnyaprovski rubej (belaruscha: Дняпроўскі рубеж; tarjimasi — „Dnepr chizigʻi“) — rejissor Denis Skvorsov tomonidan suratga olingan belarus harbiy janrdagi filmi.

Filmning budjeti taxminan 6 million dollarni tashkil etdi. Bu Belorussiya mustaqil boʻlganidan keyingi mamlakat kino tarixidagi eng qimmat filmga aylandi.

SujetTahrirlash

Film uchun asos boʻlib „Mogilevning qahramonona mudofaasi edi“ „Dnepr chizig'i“ deb nomlanishi haqiqiy tarixiy voqeadir.Koʻpgina tarixchilarning fikriga koʻra, bu harbiy epizod Sovet gʻalabasining kelib chiqishi hisoblanadi.Shu bilan birga Mogilevni mudofaa qilish chogʻida Qizil Armiya askarlari hujumga ham oʻtadi va nemis fashistlarni ortga chekinishga majbur ham qilishadi.Lekin kuchlar nisbati teng boʻlmagan janglarda mudofaachilar magʻlub boʻlishadi.Koʻngilli shahar fuqarolari va Qizil Armiya askarlari bu yerda uch hafta davomida dushman hujumini toʻxtatdilar.Aslida film bosh qaxramoni diviziya komandiri Zubov haqiqiy Mogilev himoyasida 172-oʻqchi diviziya komandiri general-leytenant Romanov haqida edi.Bu diviziya Mogilev mudofaasida oxirigacha kurashgan diviziyalardan edi.Diviziya deyarli qaxramonlarcha janglarda qirilib ketgan va keyinchalik qayta tiklanmay tarqatib yuborilgan.Film epizodlarida bolalar ham pioner koʻrinishida dushmanga qarshi mardona kurashadi.Hatto Dnepr koʻprigini portlatishda ham pioner bola oʻlimidan oldin vazifani bajarishga ulguradi.Film ijodkorlari tomoshabinni voqealar rivojini kuzatmay qolmaslikdan qaytaradi.

Dnepr chizigʻi himoyachilari tushib qolgan vaziyatning halokatini his qilgan diviziya qoʻmondoni nemislar hujumini qaytarib turish uchun bor kuchini sarflaydi.Hamshira Zoya Sintsova esa uni sevib qolgan boʻladi.Hamshiraning film boshidan koʻrsatilishi dushmanning bostirib kirgani dahshatini his qilishga yordam beradi.Butun bir eshelondan faqatgina Zoya tirik qoladi.Zoya qoʻlida xalok boʻlgan yigit keyinchalik xamkasb xamshira dugonasining eri ekanligini aytmaydi chunki uning ruhiy tushkunlikka tushishini xoxlamaydi.Filmda kichik epizodlarda qaxramonlarcha xalok boʻlgan askarlar rolidagi kaskadyorlarni va grim ustalarini mexnatini ham hisobga olish kerak.


RollardaTahrirlash

  • Igor Sigov — diviziya komandiri Aleksey Sergeyevich Zubov (prototipi M.T.Romanov)
  • Kseniya Knyazeva — hamshira Zoya Sintsova rolida
  • Anatoliy Kot — Ivan Danilovich Jigunov
  • Viktor Molchan-polkovnik Pyotr Kuzmich Shadrin rolida
  • Anna Gorshkova — hamshira Anna rolida
  • Nikolay Kozak — Pol Shmidt rolida
  • Svyatoslav Astramovich-Tumanyan rolida
  • Andrey Dushechkin — Doktor Parshin rolida
  • Pavel Yujakov — Bolshakov rolida
  • Ilya Cherepko-Samoxvalov — serjant
  • Sergey Vlasov -starshina Sergey Petrovich Kiselev
  • Mixail Esman — tarjimon rolida
  • Aleksandr Kashperov — oshpaz rolida
  • Ivan Pavlov -razvedka boshligʻi Katyushin rolida
  • Igor Filchenkov — Komissar Kuzmichyov rolida
  • Vasiliy Grechuxin — Aloqa boʻlimi boshligʻi rolida
  • Sergey Shimko — Boynich polkining komandiri
  • Aleksandr Yevremov — urush muxbiri rolida
  • Oleg Kots — fotojurnalist rolida
  • Aleksandr Surkov — Kapitan Yujakov rolida
  • Antoliy Terpitskiy — qamoqxona boshligʻi rolida
  • Yevgeniy Ivkovich — NKVD mayori rolida
  • Denis Tarasenko — NKVD tergovchisi rolida
  • Nikolay Kolozin — siyosiy mahbus Jernosek rolida
  • Vitaliy Kruglik — Borodin rolida
  • Aleksey Senchilo — leytenant Peshevanov rolida
  • Maksim Krechetov — Davidov rolida
  • Vladimir Svirskiy — Annenkov rolida
  • Aleksandr Girenok — Shornikov rolida
  • Sergey Savenkov — kapitan Gavryushin rolida
  • Oleg Litvinov — Aleksey Zolotaryov rolida
  • Pavel Gorodniskiy — temir yoʻl komendanti rolida
  • Dmitriy Pustilnik — Annaning eri rolida
  • Yevgeniy Sangadjiyev — afishali jangchi rolida
  • Valeriy Zelenskiy -oshpaz yordamchisi rolida

MukofotlarTahrirlash

  • 2007-yilda „Belarusfilm“ kinostudiyasi tomonidan oʻtkazilgan ssenariy tanlovi gʻolibi.
  • Belarus filmlarining VII-Respublika festivali sovrindori[1]:
    • Y. Maruxin nomidagi eng yaxshi kamera ishi uchun mukofot rejissor Viktor Bondarovichga
    • Eng yaxshi ovozli ishlar uchun ovoz muhandisi Sergey Shunkevichga mukofot.

Suratga olish guruhiTahrirlash

ManbalarTahrirlash