Doʻha, Ad-Doʻha — Qatar davlatining poytaxti. Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Qatar yarim orolning sharqiy qirgʻogʻidagi yirik port. Aholisi 410 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan). Muhim savdo markazi. Metallsozlik, sement, mebel, qurilish materiallari, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, oʻgʻit ishlab chiqaruvchi mayda korxonalar, issiqlik elektr stansiyasi, xalqaro ahamiyatga ega aeroport, koʻplab masjid va maktablar, universitet bor. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi.

Shaharda Qatar universiteti va HEC Paris maktabi kampusi joylashgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil