Doktor House (inglizcha: House M. D.) — genial shifokor-tashxischi Gregori House va uning jamoasi haqidagi Amerika teleseriali. Serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan. Serialning ilk qismi 2004-yilning 16-noyabrida FOX telekanalida efirga chiqdi.

House

Logotip
Boshqa nomi House, M.D.
Formati Tibbiy drama
Muallif(lar) David Shore
Rollarda Hugh Laurie
Lisa Edelstein
Omar Epps
Robert Sean Leonard
Jennifer Morrison
Peter Jacobson
Kal Penn
Olivia Wilde
Jesse Spencer
Qismlar boshidagi musiqa "Teardrop",
Massive Attack ijrosida
„House End Credits“
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til(lar) Ingliz
Mavsumlar soni 8
Qismlar soni 177 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi produser(lar) Katie Jacobs
David Shore
Paul Attanasio
Bryan Singer
Russel Friend
Garrett Lerner
Thomas L. Moran
Qism davomiyligi 42 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal FOX
Tasvir formati 480i (SDTV),
720p (HDTV)
Premyera sanasi 16-noyabr, 200421-may, 2012
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti
IMDb profili
TV.com sahifasi

PersonajlarTahrirlash

Personaj Aktyor Amali Mutaxassisligi
Gregory House Hugh Laurie
Lisa Cuddy Lisa Edelstein
  • Kasalxona boshligʻi
James Wilson Robert Sean Leonard
Eric Foreman Omar Epps
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1-3, 4.04-)
  • Mercy kasalxonasida tashxisiy tibbiyot boʻlimining boshligʻi (4.01-4.03)
Allison Cameron  Jennifer Morrison
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1-3)
Robert Chase Jesse Spencer
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1-3)
  • Jarroh (4-)
Chris Taub Peter Jacobson
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02-)
Lawrence Kutner Kal Penn
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02-)
"Oʻn uchinchi" Olivia Wilde
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02-)

Sherlock Holmsga havolalarTahrirlash

 
Sherlock Holms teleserial uchun ilhom parisi boʻlib xizmat qildi.

House bilan mashhur kitobiy detektiv Sherlock Holmes oʻrtasidagi oʻxshashliklar butun teleserial davomida kuzatib borilad;[1] Shore Sherlock Holmesning ixlosmandi ekanligini tushuntiradi va personajning bemorlarga boʻlgan befarqligi noyobligini aytadi. Oʻxshashlik taraflari teleserial sujetining turli elementlarida kuzatiladi, masalan, Housening ishni yechimida ruhshunoslikka boʻlgan ishonchi, qiziqarsiz deb bilgan ishlarga qoʻl urmasligi, Housening uy manzili (221B-xonadon, Holmesning manzili ham shunday boʻlgan). Yana, House bilan Holmesning oʻxshashlik taraflariga musiqiy asbobni chalish (Holmes skripkani, House pianino va gitarani chaladi), narkotik moddalarni isteʼmol qilish (House vikodinni, Holmes kokainni) va Housening Doktor Jeyms Uilson bilan doʻstligi (Doktor Jon Vatsonga ishorat) kiradi.[2] Uilson rolini ijro etuvchi Robert Shon Leonard aytadi-ki, avvaliga uning qahramoni va House teleserialda Sherlock Holmes va Doktor Vatson rollarini oʻynashlari kerak edi, ammo, Vatson rolini House jamoasi qabul qildi.[3]

Teleserialdagi turli xil personajlar Sherlock Holmes olamidagi odamlarning ismiga ega, jumladan, ikkinchi mavsumning „Sababsiz“ nomli soʻnggi qismida House aqlini yoʻqotgan „Moriarti“ ismli bosqinchi tomonidan yaradorlanadi, bu Holmesning qasoskorini ham ismidir.[4] Shuningdek, eng birinchi qismdagi asosiy bemorning ismi Rebecca Adler, bu ism Sherlock Holmes haqida birinchi hikoyadagi Iren Adler ayol ismidan olingan. Devid Shor Housening ismi (inglizchadan tarjimasi „uy“) Sherlock Holmesga shamadir („Holmes“ning talaffuzi „homes“ — „uylar“ soʻziga oʻxshash).[5] Toʻrtinchi mavsumning „Bu ajoyib yolgʻon“ nomli qismida House „Arthur Conan Doylening toʻliq ikkinchi nashri“ni Mavlud sovgʻasi sifatida qabul qiladi. Beshinchi mavsumning „Olamga quvonch“ nomli qismida Wilson Housega Joseph Bell qalamiga mansub kitobni sovgʻa qiladi (Joseph Bell „Sherlock Holmes“ning yaratilishiga ilhom bagʻishlagan),[6] bunda u „Greg, bu kitob meni sen haqingda oʻylantirdi“ degan xabarni yozadi, shuningdek, sovgʻani u yuborganligini boʻyniga olishdan avval, buni qandaydir Iren Adler yuborgan boʻlishi mumkinligini aytadi.

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash

 
Asosiy personajlar: Dr. Gregory House | Dr. Lisa Cuddy | Dr. James Wilson | Dr. Allison Cameron | Dr. Robert Chase | Dr. Eric Foreman |Dr. Remy "Oʻn uchinchi" Hadley | Dr. Chris Taub | Dr. Lawrence Kutner
Ikkinchi darajali personajlar: Edward Vogler | Stacy Warner | Mark Warner | Michael Tritter | Amber Volakis | Lucas Douglas
Ijrochi prodyuserlar: Paul Attanasio | Katie Jacobs | David Shore | Bryan Singer
Aktyorlar: Hugh Laurie | Lisa Edelstein | Omar Epps | Robert Sean Leonard | Jennifer Morrison | Jesse Spencer | Peter Jacobson | Kal Penn | Olivia Wilde