Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp; 14-iyun 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi va jamoat arbobi boʻlib, 2017-yildan 2021-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini bajargandir. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (inglizcha: The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi.[1]. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.[2]

Donald Trump

Rasmiy portret
45-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2017-yil – 20-yanvar 2021-yil
Vitse-prezident Mike Pence
Oʻtmishdoshi Barack Obama
Vorisi Joe Biden
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Donald John Trump

14-iyun 1946-yil (1946-06-14) (77 yosh)
Queens, New York shahri, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1987-1999, 2009-2011, 2012-hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
  • Islohot (1999—2001)
  • Demokratlar (2001—2009)
  • Mustaqil (2011—2012)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Ota-onasi
Istiqomat joy(lar)i Mar-a-Lago
Taʼlim Pennsylvania universiteti (bakalavr)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • ishbilarmon
Mukofotlari Ellis orolining faxriy medali Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi
Vebsayti

2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi.[3], biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi[4] 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi.[5] Donald Trump prezidentligi davrida koronavirus pandemiyasi oqibatida 700 million dollarga yaqin pul yoʻqotdi. Hozirda uning boyligi taxminan 2,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning tijorat koʻchmas mulkdan tushgan daromadi 2016-yildan 2021-yilgacha 26 foizga, kurortlardan tushgan daromadi esa 2015-yildan 2020-yilgacha 42 foizga kamaygan. Sobiq prezident boyligining kamayishi bundan oldin ham qayd etilgan va 2020-yilda 600 million dollarga kamayib, 2,5 milliard dollarni tashkil etgan. Oʻshanda uning deyarli barcha aktivlari millionlab dollarga pastlagan[6].

Bolalik va yoshlik yillari tahrir

Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan[7]. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan[8]. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi[9]. Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi,[10]. Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:

Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim…

Faoliyati tahrir

1968-1989-yillar tahrir

Avvaliga u Brooklyn va Queensdagi oʻrta sinf uchun moʻljallangan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq ishlarni qildi. Eng birinchi loyihalaridan biri 1200 kvartirali uy majmuasini sotib olib, toʻliq qayta taʼmirlab, ijaraga topshirish edi. Trump Organization bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunladi va 6 million $ sof foyda oldi. 1971-yilda Donald Trump Manhattanga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u shaharning iqtisodiy salohiyati yuqorligi, qurilish ishlarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaxshi tushunardi. Donald shahardagi bankrotlik tufayli faoliyat yuritmayotgan „Kommodor“ mehmoxonasining binosini taʼmirlash huquqini va buning natijasida Nyu York maʼmuriyati tomonidan 40 yillik soliq imtiyozini olganidan soʻng, eski mehmonxona oʻrnida Grand Hyatt mehmonxonasini barpo etadi[11]. Donald „Jacob Javitz konfrens-markazi“ning qayta taʼmirlash huquqini Nyu York maʼmuriyatidan soʻragan va oʻz qurilish loyihasini taklif etgan, biroq bu loyiha maʼqullanmagan[12]. Shunga oʻxshash holat Nyu Yorkning markaziy xiyobonidagi muz oʻyingohini qayta taʼmirlash jarayonida ham boʻlgan: Shahar maʼmuriyati taʼmirlash ishlarini 2.5 yilda tugatishni rejalagan, ammo u 6 yil deganda ham yakunlanmagan. Donald maʼmuriyatga ushbu oʻyingoh ishini oʻziga bepul topshirilishini, evaziga u oʻz hisobidan taʼmirlashni yakunlab berishni soʻragan. Maʼmuriyat esa, har doim rad javobini beravergan. Bu haqida ommaviy axborot vositalari tanqidiy maqola chiqargach, Donald taʼmirlash huquqini qoʻlga kiritgan. Donald taʼmirlash ishlarini 6 oy ichida yakunlagan va ajratilgan 3 million dollar mablagʻdan 750 ming dollarini tejab qolgan[13].

1989—1997-yillardagi iqtisodiy muammolari tahrir

1989-yilda Donald davlatdan olgan zayomlarini iqtisodiy inqiroz tufayli qoplay olmagan. U yangi loyihalaridan biri boʻlgan „Trump Taj Mahal“ majmuasining qurilishi uchun 1 milliard dollar zayomni obligatsiyalar koʻrinishida olgan edi. 1991-yilga kelib, Donaldning ortib borayotgan qarzlari hatto uning shaxsan bankrot boʻlishiga xavf soldi. Banklar, zarariga boʻlsa-da, Trumpning qarzlardan ozod qilinishini va sudning muqarrar jarimalaridan qutqarilishini taʼminlab berdilar. „Trump Taj Mahal“ 1991-yili qarzlardan ozod etildi, evaziga qarzni toʻlab bergan banklar majmua aksiyalarining 50 foiziga egalik qildilar[14][15]. 1994-yilga kelib, 900 million $dan ortiq qarzlarini bartaraf etgan[16] va bizesini saqlab qolgan. 1995-yilda Gaming Hall of Fame aʼzosi boʻldi[17]. 1995-yilda hamma koʻngilochar komplekslarini birlashtirib, Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini tashkil qildi. 1996-yildayoq, kompaniya har bir aksiyasining Wall-streetdagi narxi $35 dan yuqori edi, biroq 1998-yilda aksiya narxi $10 dan ham tushib ketdi. 2004-yilda Trump Hotels & Casino Resorts qarzlar toʻliq qoplanganini eʼlon qildi[18]. Shu yil noyabr oyida Trump kompaniya bosh direktori lavozimidan chetlandi, lekin boshqaruv raisi boʻlib qoldi[19][20].

1997—2007-yillar tahrir

Donald Trump bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:

  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trumpning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.
  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi — mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.
  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ — biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.
  • „Trump minorasi (Tampa)“ — soʻrovlar koʻp boʻlganligi uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.
  • Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.
  • „Trump minorasi (Atlanta)“ — Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi[21].

Jahon iqtisodiy inqirozi (2008—2012) tahrir

2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Trump Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi[22]. Trump sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz — bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan[22]. Deutsche Bank vakillari esa, „Trump muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar[22]. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi[23].

Shaxsiy binolari tahrir

 
Las Vegas mehmonxonasi

2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Trump boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan[24].

Qurilishi tugatilgan uy-joylari tahrir

 
Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Nyu York)
  • „Trump Park Avenue“ — $142 million
  • Golf maydonlari — $127 million
  • * AQSh hududidagi 6 ta golf klubi
  • * 2006-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerda Birlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda[25].
  • * Karib dengizidagi Kanuan orolida golf maydoni va koʻngilochar majmua qurilishi.
  • „Palm Beach“dagi bino: 4000 maydonga ega uy. Trump bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uy AQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.
  • „Maralago“ klubi

Litsenziyalangan binolari tahrir

Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trumpdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Trump nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.

 
Torontodagi minora qurilishi
  • * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Dubay), BAA
  • * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Panama): 70 qavatli minora[24][27].

OAVda tahrir

Donald Trump seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan[28]. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan. 2003-yili Trump NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi produseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Trump kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Trump ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha: Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Trump ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan. 2007-yili Donald Trump ismi Hollywooddagi „Yulduzlar yoʻlkasi“ga yozildi. Shu yili Trump AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.

”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi”

 — degan u.

Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Trump aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan[29].

AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida tahrir

 
Prezidentlik saylovoldi kampaniyasida, 2015-yil 3-sentabr

2015-yili Trump AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi[30]. Saylovoldi kampaniyasida Trump AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan[31].

Shaxsiy sayti tahrir

Donald Trump oʻz veb-saytini ishga tushirdi. sayt „45office.com“ deb nomlangan boʻlib, hozircha uchta sahifaga ega. Ulardan biri Donald va Melaniya Trampning tarjimai holi va AQSHning 45-prezidenti hamda birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan. Bosh sahifa orqali amerikaliklarga Trump bilan oʻz fikrlarini boʻlishish imkoni yaratilgan. Buning uchun foydalanuvchilardan shaxsiy aloqa maʼlumotlari kiritiladigan soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Shuningdek, sobiq prezidentlik juftligiga har qanday ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish imkoni ham mavjud. Uchinchi sahifa esa matbuot soʻrovlari uchun ajratilgan.

Qayd etilishicha, veb-sayt dizaynida sobiq prezidentning oʻz tarafdorlari bilan ommaviy yozishmalar olib borishi uchun alohida sahifa yaratilmagan[32].

Boshqa biznes tarmoqlari tahrir

„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trumpga qarashlidir. Donald Trump, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Trump nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda[33]. Donald Trump Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi[34][35].

Golf maydonlari tahrir

2008-yilning iyunida Trump Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Trump 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trumpning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.[36][37][38]

Vitaminlari tahrir

2009-yili Trump vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi[39].

AQSh Prezidenti tahrir

Xorijiy davlatlarga tashriflar tahrir

Quyida Donald Trumpning AQSh Prezidenti sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan.

Davlat Shahar Sana Sabab
  Saudiya Arabistoni Ar-Riyod 20-22.05.2017 Riyod sammiti[40][41][42][43]
  Isroil Quddus 22-23.05.2017 Prezident Reuven Rivlin va premyer Benjamin Netanyahu bilan uchrashuv[44][45]
  Falastin Milliy Maʼmuriyati Baytullahm 23.05.2017 Prezident Mahmud Abbos bilan uchrashuv[46]
  Italiya Rim 23-24.05.2017 Prezident Sergio Mattarella va premyer Paolo Gentiloni bilan uchrashuv[47]
  Vatican City Vatikan 24.05.2017 Francis bilqn uchrashuv[40][48]
  Belgiya Bryussel 24-25.052017 NATO sammiti[49][50][51]
  Italiya Taormina 25-27.05.2017 Katta yettilik sammiti
  Poland Varshava 5-6.07.2017 Uch dengiz sammiti[52][53][54][55][55]
  Germaniya Gamburg 6-8.07.2017 Katta yigirmatalik sammiti[56][57][58][59]
  Fransiya Parij 13-14.05.2017 Bastiliya kunida qatnashish va Emmanuel Macron bilan uchrashuv[60][61]
  Yaponiya Tokyo 5-7.11.2017 premyer Shinzō Abe va imperator Akihito bilan uchrashuv.
  Janubiy Koreya Seul 7-8.11.2017 president Moon Jae-in bilan uchrashuv[62]
  Xitoy Pekin 8-10.11.2017 Prezident Xi Jinping va premyer Li Keqiang bilan uchrashuv[63].
  Vietnam Xanoy 10-12.11.2017 OTIHT sammiti[64][65]
  Filippin Manila,
Pasay
12-14.11.2017 ASEAN sammiti[66]
  Shveysariya Davos 25-26.01.2018 Butunjahon iqtisodiy anjumani[67].
  Peru Lima 13-14.04.2018 Lotin Amerikasi sammiti.

Shaxsiy hayoti tahrir

Oilasi tahrir

 
Melania Trump

Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Mary va Elizabeth) bor. Singlisi Mary — yurist. 1977-yili Trump 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Trump-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Trump 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:

«Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman»

2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melania Trump (talaffuzi: Melaniya Tramp) bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor[68]. 2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison,[69] Donald John,[70] Tristan Milos,[71] Spencer Frederick va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Joseph Frederick[72][73]) bolalaridir. Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim — nasroniylik esa chiroyli din“[74][75].

Oilaviy shajarasi tahrir

Qiziqishlari tahrir

Donald golf oʻyiniga nihoyatda qiziqadi[76]. AQShda va dunyoning boshqa mamlakatlarida uning shaxsiy golf klublari bor[77].

Kitoblari tahrir

  • „Kelishuv sanʼati“[78]
  • „Choʻqqida omon qolish uchun“ (1990)
  • „Omon qolish sanʼati“ (1991)
  • „Qaytadan koʻtarilish sanʼati“ (1997)
  • „Bizga yarashgan Amerika“ (2000)
  • „Boy boʻlish uchun“ (2004)
  • „Yuqoriga yoʻl“ (2004)
  • „Muvaffaqiyat haqida nimalarni bilish kerak“ (2004)
  • „Golf oʻyini haqida“ (2005)
  • „Biz boy boʻlishingizni istaymiz“ (2006)
  • „Qotib qolma!“ (2007)
  • „Uy-joy haqidagi eng yaxshi maslahatlarim“ (2007)
  • „Muvaffaqiyat formulasi“ (2007)
  • „Trump hech qachon taslim boʻlmaydi“ (2008)
  • „Midas sovgʻasi“[76] (2012)

Filmografiyasi tahrir

Title Year Notes Role
The Jeffersons[79] 1985 Episode titled „You’ll Never Get Rich“ Himself
Ghosts Canʼt Do It[79] 1989 Movie
On Our Own by Bobby Brown[80] 1989 Music Video
Uyda yolgʻiz 2[79] 1992 Movie
The Fresh Prince of Bel-Air[79] 1994 Episode titled „For Sale by Owner“
Across the Sea of Time[79] 1995 Movie
The Little Rascals[79] 1995 Movie Waldoʻs Dad (an oil tycoon)
The Nanny[79] 1996 Episode titled „The Rosie Show“ Himself
Eddie[79] 1996 Movie
The Associate[79] 1996 Movie
Suddenly Susan[81] 1997 Episode titled „I’ll See That and Raise You Susan“
The Drew Carey Show[81] 1997 Episode titled „New York and Queens“
Night Man[82] 1997 Episode titled „Face to Face“
Spin City[79] 1998 Episode titled „The Paul Lassiter Story“
Celebrity[79] 1998 Movie
Sex and the City[79] 1999 Episode titled „The Man, the Myth, the Viagra“
Zoolander[79] 2001 Movie
The Job[81] 2001 Episode titled „Elizabeth“
Two Weeks Notice[81] 2002 Movie
Days of Our Lives[83] 2005 Guest star on daytime television soap opera.
58th Primetime Emmy Awards[84] 2006 minimusical Oliver Wendell Douglas
Wall Street: Money Never Sleeps[85] 2010 Trump’s scene in this movie was cut from the final version but is available on the DVD. Himself
Saturday Night Live[86] 2015 Trump hosted the 7-noyabr 2015-yil episode of SNL Himself / Tax Guy (In Hotline Bling skit)

Manbalar tahrir

  1. „#450 Donald Trump“. Forbes. Qaraldi: 21-iyun 2009-yil.
  2. Trump, Donald J.. Time to Get Tough: Making America #1 Again. Regnery Publishing, 5-dekabr 2011-yil. ISBN 978-1-59698-773-9. 
  3. „Trump down on economy, up on McCain“. Cable News Network (18-sentabr 2008-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2008-yil.
  4. Дональд Трамп решил баллотироваться на пост президента США // «Яндекс» новости
  5. „Дональд Трамп начал борьбу за пост президента США“. Slon.ru (2015-yil 16-iyun). 7-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2015-yil.
  6. „Дональд Трамп президентлик даврида бойлигининг қанчасини йўқотгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 4-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март. (Wayback Machine saytida 4-avgust 2021-yil sanasida arxivlangan)
  7. „Ancestry of Donald Trump“. WARGS. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  8. Bender, Marylin. „THE EMPIRE AND EGO OF DONALD TRUMP“. The New York Times (7-avgust 1983-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  9. Gwenda Blair. Donald Trump: Master Apprentice. Simon and Schuster, 2005 — 16– bet. ISBN 978-0-7432-7510-1. 
  10. „In Step With: Donald Trump“. Parade (14-noyabr 2004-yil). 14-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „The House that Fred Built“. The New York Time on the Web. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2008-yil.
  12. „No Stadium Needed“. The New York Sun. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  13. „FASTER AND CHEAPER, TRUMP FINISHES N.Y.C. ICE RINK“. Philly.com. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  14. „Taj Mahal is out of Bankruptcy“. The New York Times. 11-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  15. „Trump Plaza Hotel Bankruptcy Plan Approved“. The New York Times. 11-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  16. „Donald Trump“. magainzeUSA.com. 21-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  17. „The Gaming Hall of Fame“. University of Nevada Las Vegas. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2009-yil.
  18. „Trump casinos file for bankruptcy“. MSNBC (22-noyabr 2004-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-iyul.
  19. „COMPANY NEWS; TRUMP DELAYS EMERGENCE FROM BANKRUPTCY BY A WEEK“. New York Times (5-may 2005-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-iyul.
  20. „Indiana Gaming Commission on Trump Resortsʼ Bankruptcy“ (deadlink). Indiana Gaming Commission. 2006-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil. (Wayback Machine saytida 2-oktabr 2006-yil sanasida arxivlangan)
  21. „Stalled Condo Projects Tarnish Trumpʼs Name“. Dow Jones & Company, Inc. (2007-11-16). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2007-yil.
  22. 22,0 22,1 22,2 Floyd Morris (4–dekabr 2008–yil). „Trump Sees Act of God in Recession“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  23. Reuters: Trump Entertainment files for bankruptcy
  24. 24,0 24,1 Tuttle, Brad. „8 Epic Business Failures with Donald Trumpʼs Name on Them“. Time (16-iyun 2015-yil). 17-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2015-yil.
  25. news.bbc.co.uk Trump £1bn golf inquiry tees off
  26. „Trumpʼs tall plan for Jersey City“ (deadlink). JCEDC (21-sentabr 2005-yil). 2006-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil. (Wayback Machine saytida 3-oktabr 2006-yil sanasida arxivlangan)
  27. Koffler, Jacob. „Donald Trumpʼs 16 Biggest Business Failures and Successes“. Time (7-avgust 2015-yil). Qaraldi: 29-avgust 2015-yil.
  28. „Casting Notes: Donald Trump Cameos in Wall Street 2; Jeremy Piven and Kate Walsh go to Canada“. Slashfilm.com (30-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  29. „CNN LARRY KING LIVE: Interview With Donald Trump“. CNN (2007-yil 15-oktyabr). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-may.
  30. Дональд Трамп поборется за пост президента США
  31. Трамп обещает на посту президента США подружиться с Путиным
  32. „Дональд Трамп ўз сайтини ишга туширди“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  33. GoTrump, 2–iyun 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 22–yanvar 2021–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  34. „THATʼS RICH! THE DONALD CASH ADVICE COSTS 1.5M“ (deadlink). NY Daily News. 29-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2008-yil. (Wayback Machine saytida 29-oktabr 2008-yil sanasida arxivlangan)
  35. Melby, Caleb; Rubin, Richard. „Hereʼs Our Tally of Donald Trumpʼs Wealth“. Bloomberg (28-iyul 2015-yil). Qaraldi: 17-avgust 2015-yil.
  36. „US property tycoon Donald Trump buys Turnberry resort“. BBC News (29-aprel 2014-yil). Qaraldi: 29-aprel 2014-yil.
  37. news.bbc.co.uk, Trump £1bn golf inquiry tees off
  38. pressandjournal.co.uk, Tycoonʼs actions critical to outcome, 12–iyun 2008–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 31–oktabr 2015–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  39. The Trump Network: Discover the Difference Between Opportunity and Success, 24–yanvar 2012–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 31–oktabr 2015–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  40. 40,0 40,1 Baker, Peter. „Trump to Visit Saudi Arabia and Israel in First Foreign Trip“. The New York Times (4-may 2017-yil). Qaraldi: 4-may 2017-yil.
  41. Revesz, Rachael. „Donald Trump signs 7010 billion arms deal with nation he accused of masterminding 9/11“. The Independent (21-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  42. „The Latest: Trump to announce Saudi arms deal“. Palm Beach Post (20-may 2017-yil). 20-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2018-yil. „The king placed the Collar of Abdulaziz Al Saud around Trump's neck at a ceremony at the Royal Court in Riyadh.“.
  43. Talev, Margaret; Jacobs, Jennifer „Less Talk Is More on Trump's First Day in Saudi Arabia“. Bloomberg L.P. (21-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  44. Talev, Margaret „President Trump in Israel: Live updates“. CNN (22-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  45. Bearak, Max „The huge contrast between Obama’s and Trump’s visits to Israel’s Holocaust memorial“. The Washington Post. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  46. „President Trump meets with Abbas in Bethlehem, says 'truly hopeful' for peace deal - ABC News“. Abcnews.go.com (23-may 2017-yil). Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  47. „La prima di Trump a Roma, incontro con il Papa, sale al Colle, poi vede Gentiloni“. Ansa. Qaraldi: 23-may 2017-yil.
  48. „Trump to visit the Vatican on first foreign trip as president“. POLITICO. Qaraldi: 5-may 2017-yil.
  49. Rucker, Philip „Trump chastises fellow NATO members, demands they meet payment obligations“. The Washington Post. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  50. „Readout of President Donald J. Trump’s Meetings with the King Philippe and Queen Mathilde of Belgium and Prime Minister Charles Michel of Belgium“. whitehouse.gov (25-may 2017-yil). 23-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil. (Wayback Machine saytida 23-iyun 2017-yil sanasida arxivlangan)
  51. „Trump, Macron engage in a little handshake diplomacy“ (25-may 2017-yil).
  52. „The Latest: Trump in Poland for 16-hour stop“. ABC News (5-iyul 2017-yil). 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  53. „Raw: Trump meets Polish President Duda in Warsaw“. USA TODAY.
  54. „Trump, Croatian leader talk energy; president issues warning to Putin“. Vindy.com. 9-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2018-yil. (Wayback Machine saytida 9-noyabr 2017-yil sanasida arxivlangan)
  55. 55,0 55,1 Thrush, Glenn; Davis, Julie Hirschfeld „Trump, in Poland, Asks if West Has the ʻWill to Survive’“ (6-iyul 2017-yil).
  56. Buncombe, Andrew. „Donald Trump 'behaving like a dictator by leaving underqualified socialite daughter to fill in for him at G20'“. The Independent (8-iyul 2017-yil). Qaraldi: 8-iyul 2017-yil.
  57. Times, The New York „Thousands Protest in Hamburg as Trump Meets With Merkel Before G-20“ (6-iyul 2017-yil).
  58. (now), Tom McCarthy; (earlier), Jon Henley; Oltermann, Philip; Wolffe, Richard; Walker, Shaun „G20: Putin denies US election interference in meeting with Trump, officials say – as it happened“ (7-iyul 2017-yil).
  59. editor, Anushka Asthana Political „Trump expects trade deal with UK to be completed 'very, very quickly'“ (8-iyul 2017-yil).
  60. News, ABC „ABC News“ (deadlink). ABC News. 25-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  61. Ballhaus, Rebecca; Horobin, William „Bastille Day Parade in Paris Enthralls President Trump“ (15-iyul 2017-yil).
  62. https://www.express.co.uk/news/world/876393/North-Korea-Kim-Jong-un-Donald-Trump-troops-pacific-victors-South-Korea-Camp-Humphreys
  63. https://www.theguardian.com/news/2017/nov/08/what-will-happen-on-donald-trumps-state-visit-to-china
  64. arxiv nusxasi, 10–dekabr 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26–mart 2018–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  65. Pham, My. „Trump sends letter to Vietnam's president to promote ties“. Reuters (1-aprel 2017-yil). Qaraldi: 13-aprel 2017-yil.
  66. Lee-Brago, Pia; Katigbak, Jose. „Trump to skip East Asia Summit“. The Philippine Star (26-oktabr 2017-yil). 26-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2017-yil.
  67. „Trump to attend elite annual gathering in Davos, Switzerland“. Politico. Qaraldi: 9-yanvar 2017-yil.
  68. Brown, Tina. „Donald Trump, Settling Down“. The Washington Post (27-yanvar 2005-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  69. Dagostino, Mark „Kai Madison“. People (13-may 2007-yil). Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  70. Dagostino, Mark „Donald John Trump III“. People (18-fevral 2009-yil). Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  71. Michaud, Sarah „Donald Trump, Jr. Welcomes Son Tristan Milos“. People (3-oktabr 2011-yil). 6-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2011-yil.
  72. Ivanka Trump and Jared Kushner welcome baby girl (Wayback Machine saytida 6-sentabr 2014-yil sanasida arxivlangan), Herald Sun, 17-iyul 2011-yil. Retrieved 17-iyul 2011-yil.
  73. „Ivanka Trump tweets birth announcement of 1st child, a daughter born in NYC“, The Washington Post, 17-iyul 2011-yil. Retrieved 17-iyul 2011-yil.
  74. Jones, Lawrence „Donald Trump: Christianity is a 'wonderful religionʼ“. The Christian Post (12-aprel 2011-yil). Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  75. Haberman, Maggie. „Donald Trump Talks Religion: 'I Am a Christianʼ“. Politico (11-aprel 2011-yil). Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  76. 76,0 76,1 Shoumatoff, Alex (2008). „The Thistle and the Bee“. Vanity Fair. 188–204-bet. {{cite magazine}}: Unknown parameter |month= ignored (yordam)
  77. Brently Romine (16-iyun 2015-yil).Donald Trump announces he will run for president in 2016
  78. Kitoblari
  79. 79,00 79,01 79,02 79,03 79,04 79,05 79,06 79,07 79,08 79,09 79,10 79,11 79,12 LaFrance, Adrienne. „Three Decades of Donald Trump Film and TV Cameos“, The Atlantic (21-dekabr 2015-yil).
  80. „Bobby Brown's Music Video for Ghostbusters 2 is a Bizarre Moment in Time“. Tor.com (27-iyun 2012-yil).
  81. 81,0 81,1 81,2 81,3 Jang, Meena and Stone, Natalie. „Donald Trump: 18 Memorable Cameos, From 'Home Alone 2' to 'Sex and the City'“, The Hollywood Reporter (10-mart 2016-yil).
  82. Russell, Jason. „Donald Trump's tremendous acting career in 13 clips“. Washington Examiner (7-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.
  83. Mahan, Colin „Trump will live the Days of our Lives“. TV.com (16-sentabr 2005-yil). 26-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil. (Wayback Machine saytida 26-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan)
  84. Fox, Emily „Donald Trump's Missed Calling: Broadway“. The Hive. Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.
  85. Garvey, Marianne; Niemietz, Brian; Coleman, Oli Coleman; Maresca, Rachel. „Donald Trump in 'Wall Street' sequel: Don't touch my hair!“. Daily News (7-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  86. Kreps, Daniel. „Watch Donald Trump Dance to Drake's 'Hotline Bling' in 'SNL' Spoof“. Rolling Stone (8-noyabr 2015-yil). 9-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.

Havolalar tahrir

 
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Donald Trump haqida sahifa mavjud.