Douglas Jonathan Hamilton Jr. (talaffuzi: Duglas Jonatan Hamilton Jr.)[1] (1993-yil 17-iyunda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Douglas Hamilton ilgari NHLda „Boston Bruins“, „Calgary Flames“ va „Carolina Hurricanes“ xokkey jamoalarida oʻynagan.

Douglas Hamilton
Hamilton Calgary Flames klubida
Tugʻilgan joyi 17-iyun 1993-yil (1993-06-17) (30 yosh)
Toronto, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 6 in (198 cm)
Ogʻirligi 229 lb (104 kg; 16 st 5 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
NHL
Sobiq jamoalar
New Jersey Devils
Boston Bruins
Calgary Flames
Carolina Hurricanes
NHLga kirish drafti 9-oʻrindagi tanlov, 2011
Boston Bruins
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Havaskor tahrir

Douglas Hamilton 2009-yilgi Ontario xokkey ligasi (OHL) ustuvor tanlovida umumiy 27-oʻrindagi tanlov asosida „Niagara IceDogs“ xokkey klubi safiga qabul qilindi.

Douglas Hamilton 2011-yilgi NHL kirish loyihasida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga toʻqqizinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi.

2011-yil 8-dekabrda Douglas Hamilton „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[2].

Professional tahrir

Boston Bruins tahrir

Douglas Hamilton 2012—2013-yilgi mavsumni „IceDogs“ xokkey klubi bilan boshladi. Biroq, Douglas Hamilton „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga NHLning lokavt bilan qisqartirilgan mavsumida chaqirildi. 2013-yil 19-yanvarda Douglas Hamilton „New York Rangers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:1 hisobida gʻalaba) NHLdagi debyutini oʻtkazdi[3]. Douglas Hamilton 23-yanvarda klub bilan oʻyinda qoʻshimcha vaqtda uzatma berganligi uchun NHLdagi birinchi ochkosini qoʻlga kiritdi[4]. 15-fevral kuni Douglas Hamilton NHLdagi ilk golini „Buffalo Sabres“ xokkey klubi darvozaboni Ryan Miller darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi[5].

Calgary Flames tahrir

2015-yilning 26-iyunida, 2015-yilgi NHLga kirish loyihasi paytida, Douglas Hamilton „Boston Bruins“ xokkey klubi tomonidan „Calgary Flames“ xokkey klubi aʼzosi Zachary Senyshyn evaziga almashtirildi[6]. Toʻrt kundan soʻng, 30-iyun kuni, Douglas Hamilton olti yillik 34,5 million dollarlik (yiliga 5,75 million dollarlik) shartnoma imzoladi[7].

Carolina Hurricanes tahrir

2018-yilning 23-iyunida Douglas Hamilton „Carolina Hurricanes“ klubiga (jamoadoshi Michael Ferland va Adam Fox bilan birga) Elias Lindholm va Noah Hanifin evaziga almashtirildi[8]. „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan birinchi mavsumni oʻtkazganidan soʻng, Douglas Hamilton 2019-2020-yilgi mavsumni faoliyatidagi eng yaxshi natijalar bilan oʻtkazdi[9]. Douglas Hamilton ushbu mavsumda klub safida 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 40 ochko toʻplagan holda yakunladi[10].

New Jersey Devils tahrir

"Colorado Hurricanes" xokkey klubi bilan uchta samarali mavsumdan soʻng, Douglas Hamilton klubni erkin agent sifatida tark etdi. Shundan soʻng, 2021-yil 28-iyulda Douglas Hamilton „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan yetti yillik 63 million dollarlik foydali shartnomaga imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 St. Catharines Falcons AAA SCT U16 67 20 33 53 26
2009—2010 Niagara IceDogs OHL 64 3 13 16 36 5 0 1 1 4
2010—2011 Niagara IceDogs OHL 67 12 46 58 77 14 4 12 16 16
2011—2012 Niagara IceDogs OHL 50 17 55 72 47 20 5 18 23 16
2012—2013 Niagara IceDogs OHL 32 8 33 41 32
2012—2013 Boston Bruins NHL 42 5 11 16 14 7 0 3 3 0
2013—2014 Boston Bruins NHL 64 7 18 25 40 12 2 5 7 14
2014—2015 Boston Bruins NHL 72 10 32 42 41
2015—2016 Calgary Flames NHL 82 12 31 43 46
2016—2017 Calgary Flames NHL 81 13 37 50 64 4 0 1 1 8
2017—2018 Calgary Flames NHL 82 17 27 44 64
2018—2019 Carolina Hurricanes NHL 82 18 21 39 54 15 3 4 7 10
2019—2020 Carolina Hurricanes NHL 47 14 26 40 32 5 1 1 2 4
2020—2021 Carolina Hurricanes NHL 55 10 32 42 35 11 2 3 5 12
2021—2022 New Jersey Devils NHL 62 9 21 30 34
NHL jami 669 115 256 371 424 54 8 17 25 48

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010-yil Kanada U17   6 0 1 1 0
2010-yil Kanada IH18   5 1 2 3 2
2012-yil Kanada WJC   6 2 4 6 6
2013-yil Kanada WJC 4 6 1 1 2 0
Jami 23 4 8 12 8

Manbalar tahrir

  1. „Dougie Hamilton“. Elite Prospects. Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
  2. „Dougie Hamilton signed to three-year contract by Bruins“. Boston.com (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  3. „Big Bad Blog » Dougie Hamilton ready for NHL debut“. 2013-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-yanvar.
  4. Russo. „Hamilton's Coming Out Party“. BostonBruins.com (2013-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 22-yanvar.
  5. „Bruins vs. Sabres - 02/15/2013“. BostonBruins.com (2013-yil 15-fevral). 2013-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  6. „Bruins trade Dougie Hamilton to Flames before 2015 NHL draft“. NESN (2015-yil 26-iyun). Qaraldi: 2015-yil 26-iyun.
  7. „Flames sign defenceman Dougie Hamilton to US$34.5-million, 6-year deal“. NHL.com. NHL (2015-yil 30-iyun). Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
  8. Brown. „Canes Acquire Hamilton, Ferland and Fox From Flames“. NHL.com (2018-yil 23-iyun). Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  9. Smith. „Dougie Hamilton Suffers Broken Left Fibula“. NHL.com (2020-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  10. Brehm. „Carolina Hurricanes defenseman Dougie Hamilton breaks leg in scary-looking fall“. USAToday.com (2020-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 15-oktyabr.
  11. „Dougie Hamilton Agrees to Terms on 7-Year Contract with Devils“. NHL.com (2021-yil 28-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.