Dovud Ishtixoniy (arabcha: داود اشتيخاني — Dovud ibn Amr Ishtixoniy) — roviy.

Dovud Ishtixoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti oʻrta asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Dovud Ishtixoniy oʻrta asrlarda Ishtixonda tavallud topib, xalq orasida „muallim“ nomi bilan mashhur boʻlgan. U hadis ilmi sir-asrorlarini Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.

Shogirdlari tahrir

Dovud Ishtixoniydan Abu Nasr Muhammad ibn Ibrohim ibn Hamdavayh Ishtixoniy hadis rivoyat qilgan.

Rivoyat qilgan hadis tahrir

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Dovud Ishtixoniy ustozi Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan rivoyat qilgan quyidagi hadisi sharif keltirilgan: Dovud Ishtixoniy: Bizga Ahmad ibn Hishom Ishtixoniy hadis aytdi, dedi. U: Bizga Iso ibn Zayd Faroiy hadis aytdi, dedi. U: Bizga Zafar esa Shuʼbadan, u esa Qays ibn Iboddan, u esa Zayyod ibn Muxroqdan, u esa Abu Saʼiddan hadis aytdi, dedi. U: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tezda bir qavm keladiki, ular duo qilishda haddan oshadilar ", — dedilar, deb aytdi[1].

Manbalar tahrir

  1. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. — B. 152.

Adabiyotlar tahrir

  • Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 29.