Said Dovud Bin Mavlono Ajabshoh Burhoniddin[1] (hijriy 27 Rabi ul-oxir 999-yil / milodiy 1591-yilda vafot etgan) Hindistonning Gujarot shtatidagi Ahmadobod shahrida keng tarqalgan Dovudi Bohra tarkibidagi Mustaliy yoʻnalishining 26-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat yuritgan. U 25-Daʼi Said Jalol Shamshuddin bin Hasandan keyin bu lavozimni egallagan.

Said

Dovud bin Ajabshoh Burhoniddin

Dovudiy Bohra jamoasining yigirma oltinchi Daʼi al-Mutlaqi
داؤد بن عجبشاه بُرهان الدين
Unvoni
  • Said
  • Mavlono
  • Da’i al-Mutlaq
  • Da’i al-Fotimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 27 Rabi ul-oxir 999 /1591
Dini Islom
Ota-onasi
  • Mavlono Ajabshoh (otasi)
Diniy oqimi Ismoiliy
Toyyibiy
Yurisprudensiya Mustaaliy

Hayoti

tahrir

Said Dovud 1523-yilda tugʻilgan. Ahmadobodda boshlangʻich taʼlimni olgandan soʻng, u Said Yusuf Najmuddin I qoʻl ostida taʼlimmini davom ettirish uchun Yamanga yoʻl olgan.

Ahmadobodga qaytgach, u Said Jalol Shamsuddin bin Hasan qoʻl ostida xizmat qiladi. 1574-yilda Muhammad bin Tohir Nehervaliy va mahalliy gubernator Mir Jahon tomonidan taʼqibga uchragan Jalol Shamsuddin Ahmadoboddan Vadodaraga joʻnab ketadi. 1583-yilda Said Dovud Kapadvanjga koʻchib oʻtib, u yerda 3 oy yashaydi.

Uning davrida Yamandagi qoʻldan boy berilgan qal’alarning bir qismi qayta qoʻlga kiritilgan. 1578-yilda Hisne Afedada avvalroq vafot etgan daʼilarning dafn etilgan joylari ham aniqlangan.

Said Dovudning sogʻligʻi oyogʻidagi tirnoqlari jarohatlanganidan keyin yomonlashadi. U 67 yoshida vafot etgan.

Vorislik bahslari

tahrir

Said Dovud hijriy 975[2] / milodiy 1539-yilda Daʼi al-Mutlaq lavozimini egallagan. Uning daʼvat davri hijriy 975-999/ milodiy 1568-1591-yillar (23 yil) oraligʻiga toʻgʻri keladi.

Dovudiy va Alaviy Bohralar taʼkidlashicha, Said Dovud ibn Mavlono Ajabshoh 27-chi daʼi Said Dovud ibn Qutubshohga nass (vorislik) bergan, Sulaymoniylar esa nass Sulaymon ibn Hasanga berilgan deb hisoblaydilar.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. List of Syednas (Wayback Machine saytida July 16, 2012, sanasida arxivlangan)
  2. „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.

Havolalar

tahrir
  • Daftari, Farhod, Ismoiliylar, ularning tarixi va taʼlimoti (Mustaliy ismoiliylik bobi 300-310)
  • Bacharach, Jozef V. Meri, Oʻrta asr islom sivilizatsiyasi
Shialik unvonlari
Dovud bin Ajabshoh
 Vafoti: 27 Rabi ul-oxir 999 /milodiy 1591
Oʻtmishdoshi:
Jalol Shamshuddin bin Hasan
Yigirma oltinchi Dāʼī al-Mutlaq
hijriy 975–999 /milodiy 1568–1591
Vorisi:
Dovud bin Qutubshoh