XERSHBAX (Herschbach) Dadli Robert (1932.18.6., San-Xose, Kaliforniya shtati) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Kaliforniya universitetida ishlagan (1958—63). 1963-yildan Garvard universiteti professor Ilmiy ishlari fizikkimyoga oid. X. 1960—70 yillarda kimyoviy reaksiyalar tezligi va mexanizmini tadqiq qilish natijasida toʻgʻri elementar jarayonlar deb nomlangan 3 ta oʻzaro farqlanadigan yangi mexanizmlar (toʻxtatish, urinish va oraliq mexanizmlar)ni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1986; Ya. L i va J.Ch.Polyani bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil