Dumgʻaza (sacrum) — 1) beshta dumgʻaza umurtqasidan tarkib topgan yaxlit suyak; 15—16 yoshgacha umurtqa oraliq togʻaylaridan iborat boʻladi, keyinchalik suyaklanib, bir butun D. su-yagiga aylanadi. D.ning ikki yonboshidagi quloqsimon yuzasi yonbosh suyagining shu xil yuzasi bilan birlashib, chanoq boʻshligʻini hosil qilishda ishtirok etadi. D. umurtqalarining kesimtalaridan vujudga kelgan teshiklar orqali qon tomir va nervlar oʻtadi; 2) hayvonlarda bir necha umurtqadan tuzilgan dum suyagi va ustidagi goʻsht bilan yogʻ ham D. deb ataladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil