Eduardo De Filippo (1900.24.5 — Neapol — 1984.1.11) — italyan dramaturgi, rejissor, aktyor, ssenariychi. Ijodi neoralizm oqimi bilan bogʻliqholda rivojlangan. Aktyor sifatida „Frak kiygan uch erkak“, „Ispaniya maydonidan kelgan qiz“, „Neapol tillasi“ kabi filmlarda suratgatushgan. Pyesalarida ijtimoiy mohiyat, chuqur psixologizm grotesk bilan uygʻunlashgan: „Filumena Marturano“ (keyinroq „Ital-yancha nikoh“ nomi bilan ekranlashtirilgan), „Shanba, yakshanba, dushanba“, „Fortunella“ va b. shular jumlasidan. Kinoda („Neapol —millionerlar shahri“) ham ishlagan. 1931—73 yillar oʻzi tashkil etgan truppani boshqargan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil