Edward Adelbert Doisy (1893—1986) — amerikalik fiziolog va biokimyogar. AQSH Milliy fanlar akademiyasi akademik (1938), Garvard universiteti professor (1954). Vitaminlar, jinsiy gormonlar va oʻt kislotalari kimyosi ustida tadqiqot olib borgan. Estron (1930), shuningdek, estrol va estradiol 17 V ni (1936) kristall holda olgan. K, vitamin (follixinon)ni sof holda ajratib olib, uning kimyoviy tuzilishini aniqlagan (1939). Gormonlar va oʻt kislotalarining almashinu-vini oʻrganib, oʻzigacha nomaʼlum boʻlgan oʻt kislotalarini kashf etgan, ularning kimyoviy tuzilishini urgangan va sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1943)[1].

Edward Adelbert Doisy
Tavalludi 13-noyabr 1893
Vafoti 23-oktyabr 1986
Fuqaroligi AQSh

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil