Eldorbek Suyunov
Eldorbek Suyunov 1991-yili 12-aprelda Qashqadaryoning Qarshi shahrida tugʻilgan, Qarshining Nasaf klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni.[1]
Eldorbek Suyunov | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Eldorbek Suyunov | |
Tavallud sanasi | 12-aprel 1991-yil (31 yosh) | |
Tavvalud joyi | Jizzax, Oʻzbek SSR, SSSR | |
Boʻyi | 1.90 m | |
Ampluasi | Darvozabon | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | Nasaf | |
Raqami | 1 | |
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
2008-2011 | Nasaf | |
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
2011— | Nasaf | 51 (0) |
Milliy terma jamoa | ||
2010-2011 2012 2013— |
Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston |
2 (0) 1 (0) 7 (0) |
1 Professional klublardagi gollari |
Eldorbek Suyunov Nasaf futbol akademiyasida tahsil olgan. 2008-yildan u Nasaf yoshlar futbol klubi tarkibida oʻynay boshlaydi, oʻsha paytda u Nasaf professional futbol klubining sobiq murabbiyi Anatoliy Demyanenkoning eʼtiboriga tushadi va tez orada u Nasaf klubining aʼzosiga aylanadi.
2011-yildan to shu kungacha Nasaf tarkibida oʻynab kelmoqda va shu kungacha 51ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning oʻyini 2013-yili Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyiga maʼqul tushadi va terma jamoa tarkibiga chaqiriladi va 2015-yilgi Osyo kubogiga saralash bosqichi bahslarida qatnashdi.[2] U shuningdek 2015-yili Avstraliyada oʻtgan Osiyo kubogida terma jamoa tarkibiga kiritildi. Suyunov terma jamoa safida 7ta uchrashuvda maydonga tushgan.
YutuqlariTahrirlash
- Oʻzbekiston vitse chempioni: 2011
- Oliy liganing bronza medali sohibi: 2013, 2014
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2012, 2013
- AFC kubogi gʻolibi: 2011
ManbalarTahrirlash
- ↑ Футбол. Прочие турниры 2015 - Элдорбек Суюнов - Чемпионат, archived from the original on 2015-01-18, https://web.archive.org/web/20150118104619/http://www.championat.com/football/_other/1016/player/70483.html, qaraldi: 2015-03-05
- ↑ http://fcnasaf.uz/index.php/news/view?v=1143#sthash.Mx2PGd01.dpbs Arxivlandi 2015-01-18 Wayback Machine saytida. gh
HavolalarTahrirlash
- Nasaf FK saytida futbolchi profili Arxivlandi 2015-01-18 Wayback Machine saytida.
- euro-football.ru saytida futbolchi profili