Elektron lampa, radiolampa — elektrovakuum asbob (aniqrog'i, vakuumli elektron asbob), elektrodlarlar orasida vakuumda yoki siyrak gazda harakatlanuvchi elektronlar oqimining intensivligini nazorat qilish orqali ishlaydi.

20-asrda radiotexnikaning asosiy elementlari sifatida radiolampalar ommaviy ravishda qoʻllanila boshlandi, chunki ular tokni toʻgʻrilash, kuchaytirish, elektr signallarini ishlab chiqarish va h.k. imkonini beradi. Yarimoʻtkazgichli qurilmalar (diodlar, tranzistorlar) paydo boʻlishi bilan ular radiolampalar o'rnini egallay boshlandi, chunki yarimo'tkazgichli qurilmalar ancha ixcham va tejamkor bo'lib chiqdi. Hozirgi vaqtda yarimo'tkazgich analoglari qimmatroq yoki ishlab chiqarish qiyinroq bo'lgan hollarda radiolampalar qo'llaniladi. Masalan, radio trubkasi, quvvatli radio to'lqinlarining generatori sifatida mikroto'lqinli pechda magnetron (radiolampa) ishlatiladi.