Emotivizm (inglizcha — hissiyot tugʻdiruvchi) — mantiqiy pozitivizmning axloq nazariyasi; axloq haqidagi mulohaza va tushunchalarni chin ham, yolgʻon ham deb boʻlmaydi, ularda maʼrifiy mazmun yoʻq, ular maʼnaviy hissiyotlarni ifoda etish va bunday hissiyotlar tugʻdirish uchun xizmat qiladi, deb uqtiradi. Axloq tushunchalarining obyektiv ahamiyatini inkor etadi. Bu nazariya XX asrning 20—30-yillarida paydo boʻlgan. Asosiy vakillari — A.Ayer (1910—89), R.Karnap (18911970) va boshqalar.