Bosh menuni ochish

Ish haqi minimumi, (eng kam ish haqi) — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga toʻlanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam miqdori. Oylik ish haqi minimumi stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. Oʻzining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga koʻra, Ish haqi minimumi insonning munosib turmush darajasining eng quyi chegarasini belgilaydi. Ish haqi minimumi hayot vositalarining minimal qiymatiga toʻgʻri keladi va amaldagi qonunlar boʻyicha maʼlum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak boʻlgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal isteʼmol byudjetini qoplashga) yetishi lozim. Ish haqi minimumim. har doim ham tirikchilik minimumiga boglik boʻlmay, muayn davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamlakatning oʻz iqtisodiyoti va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. Ish haqi minimumim. jahon mamlakatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari (Minimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish toʻgʻrisidagi konvensiya va Minimal ish haqini rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash toʻgʻrisidagi konvensiya) talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyasiya jarayonida Ish haqi minimumi m. ni indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlari bilan amalga oshiriladi. Davlat soliqlari, toʻlovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi darajalarini belgilashda ham Ish haqi minimumi baza tarzida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1992 yildan boshlab joriy qilingan.[1].

Oʻzbekiston Respublikasida shu vaqtgacha boʻlgan davrda eng kam ish haqi oʻsib borishi shkalasi
01.11.1993 16 200 soʻm-kupon 01.12.1993 24 300 soʻm-kupon 01.01.1994 30 000 soʻm-kupon 01.03.1994 45 000 soʻm-kupon 01.06.1994 70 000 soʻm-kupon 01.08.1994 100 soʻm. 01.03.1995 150 soʻm. 01.09.1995 250 soʻm. 01.04.1996 400 soʻm. 01.09.1996 550 soʻm. 01.12.1996 600 soʻm. 01.07.1997 750 soʻm. 01.07.1998 1 100 soʻm. 01.01.1999 1 320 soʻm. 01.08.1999 1 750 soʻm. 01.08.2000 2 450 soʻm. 01.08.2001 3 430 soʻm. 01.04.2002 3 945 soʻm. 01.08.2002 4 535 soʻm. 01.05.2003 5 440 soʻm. 01.08.2004 6 530 soʻm. 01.05.2005 7 835 soʻm. 01.10.2005 9 400 soʻm. 01.07.2006 10 800 soʻm. 01.11.2006 12 420 soʻm. 01.08.2007 15 525 soʻm. 16.11.2007 18 630 soʻm. 01.04.2008 20 865 soʻm. 01.09.2008 25 040 soʻm. 16.11.2008 28 040 soʻm. 01.08.2009 33 645 soʻm. 01.12.2009 37 680 soʻm. 01.08.2010 45 215 soʻm. 01.12.2010 49 735 soʻm. 01.08.2011 57 200 soʻm. 01.12.2011 62 920 soʻm. 01.12.2012 79 590 soʻm. 15.08.2013 91 530 soʻm. 15.12.2013 96 105 soʻm. 01.09.2014 107 635 soʻm. 15.12.2014 118 400 soʻm. 01.09.2015 130 240 soʻm. 01.10.2016 149 775 soʻm. 01.12.2017 172 240 soʻm. 15.07.2018 184 300 soʻm. 01.11.2018 202 730 soʻm.
Sana
Miqdor
16.03.1992 550 rubl
01.07.1992 1 000 rub.
01.09.1992 1 250 rub.
01.10.1992 2 000 rub.
01.01.1993 2 500 rub.
01.04.1993 3 000 rub.
01.06.1993 7 500 rub.
01.09.1993 13 500 soʻm-kupon

ManbalarTahrirlash

  1. Qodirjon Yusupov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil