Erin Thorn (talaffuzi: Erin Torn; 1981-yil 19-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional basketbolchi. Hozirda u Fransiyaning Tarbes shahridagi „Tarbes GB“ jamoasida oʻynamoqda[1].

Erin Thorn
Free agent
Pozitsiyasi Himoyachi
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 19-may 1981-yil (1981-05-19) (42 yosh)
Orem, Utah
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 9 in (1.75 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Mountain View (Orem, Utah)
Kollej BYU (1999-2003)
WNBA drafti 2003 / Tur: 2 / Tanlash: 17- overall
New York Liberty tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2003-hozirgacha
Statistikalar WNBA.com saytida
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida

Shaxsiy hayoti tahrir

Erin Thorn 1981-yil 19-mayda Orem shahrida (Utah shtati) Douglas Thorn va Joe Dee Gardin oilasida tugʻilgan. Uning toʻrtta aka-uka va besh singlisi bor. U shuningdek, u yerda mahalliy basketbol jamoasi uchun oʻynagan va Mountain View oʻrta maktabida oʻqigan.

BYU jamoasidagi faoliyat statistikasi tahrir

Manba[2]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1999—2000 BYU 31 409 42.1 43.3 81.4 3.5 3.7 2.0 0,5 13.2
2000—2001 BYU 32 496 41.7 39.7 85.1 4.5 3.2 1.5 0,2 15.5
2001—2002 BYU 33 572 43.8 40.9 83.5 4.0 3.5 1.8 0,2 17.3
2002—2003 BYU 31 584 44.5 41.1 91.6 4.2 5.7 2.1 0,5 18.8
Faoliyati BYU 127 2061 43.1 41.2 86,0 4.0 4.0 1.9 0.4 16.2

Professional jamoalardagi faoliyati tahrir

Thorn New York Sky jamoasi tomonidan 2003-yil 25-aprelda 2003-yilgi WNBA draftining ikkinchi bosqichida (umumiy 17-oʻrin) jamoa tarkibiga tanlangan. U 2007-yilda Vickie Johnson va Becky Hammon Sky jamoasidan ketganidan keyin u jamoada yakka oʻzi qolgan. Thorn 2007-yil 29-mayda yakunlangan hafta davomida WNBA Sharqiy konferensiyasida haftaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Oremda (Utah) tugʻilgan Thorn 1999-yilda Utah shtatida basketbol boʻyicha faxriy unvonga sazovor boʻlgan[3]. Brigham Young universitetiga stipendiyani qabul qilgandan soʻng, Thorn ayollar basketbol jamoasida himoyachi pozitsiyasi boʻyicha toʻrt yillik oʻyinchi boʻlgan. 2003-yilda Fitness va sogʻlom turmush tarzini boshqarish mutaxassisligi boʻyicha universitetni tamomlagan.

Thorn 2009-yilgi WNBA offseasonida Chicago Sky jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan va 2012-yilgi WNBA offseasonida Minnesota Lynx jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Hozirda u Fransiyaning „Tarbes GB“ jamoasida oʻynamoqda. Mavsumdan tashqari faoliyati davomida u, Brigham Young universitetida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.

U Ayollar Basketbol Ligasi (LFB) chempionatining yirik nomlaridan biri sifatida eʼlon qilingan. U mavsum tugashidan oldin, fevral oyida, jamoa bilan yomon kelishuvdan keyin Tarbesni tark etgan. Toʻpigʻidan jarohatlangandan soʻng, u 2011-yilgi WNBA mavsumini tiklashdan oldin Qoʻshma Shtatlarga davolanish uchun joʻnab ketgan.

Manbalar tahrir

  1. „SKY: Erin Thorn: Bonjour Sky Fans“. www.wnba.com. Qaraldi: 2017-yil 16-sentyabr.
  2. „NCAA® Career Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  3. Edward. „Looking back on 23 years of Deseret News Ms. Basketball winners“. Deseret News. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.

Havolalar tahrir