Eron emblemasi (forscha: نشان رسمی ایران‎‎ / Neshān-e rasmi-ye Irān) — Eron Islom Respublikasining rasmiy davlat emblemasidir (gerb). Ushbu emblema 1979-yilda Eronda yuz bergan Islom inqilobidan bir yil oʻtganidan soʻng, rassom Hamid Nodimiy tomonidan yaratilgan va 1980-yilning 9-may kuni Oyatulloh va Eron Oliy Rahbari Ruhulloh Xumayniy tomonidan tasdiqlangan.

Eron Islom Respublikasining rasmiy davlat emblemasi

Tuzilishi tahrir

Eron emblemasi qora rangdagi stillashtirilgan jismlar bilan bajarilgan. Ushbu stillashtirilgan jismlar arab-fors yozuvida amalga oshirilgan va «Olloh» deb oʻqiladi. Bundan tashqari, emblemada toʻrtta yarim oy va ikki tigʻli qilich joylashtirilgan va ushbu jismlar tavhid va islomning besh ustuni ramzlaridir. Emblemaning lolasimon tuzilishi qadimgi rivoyatga asoslangan va ushbu rivoyatga koʻra, Eron uchun qurbon boʻlgan insonning qabrida qizil lola oʻsib chiqadi.

Qiziqarli faktlar tahrir

Eronning ushbu emblemasi Unicode sistemasida oʻz shifriga ega va quyidagi kod bilan teriladi: U+262B (☫).

Manbalar tahrir