Esperánto (esper. Esperanto) — eng keng tarqalgan sunʼiy til (loyihaviy, deb ham ataladi; turli manbalarga koʻra hozirda dunyoda 2 milliondan 20 milliongacha esperantistlar yashaydi). Varshavalik okulist Lazar (Lyudvig) Markovich Zamenhof tomonidan 1887-yili oʻn yillik mehnat natijasi oʻlaroq yaratilgan. Nashr qilingan birinchi kitobi „D-ro Esperanto. Lingvo internacia. Antaŭparolo kaj plena lernolibro“ („Doktor Umidvor. Xalqaro til. Muqaddima va toʻliq darslik“), deb atalgan. Zamenhofning taxallusi — Esperanto — tez orada shu tilning nomiga aylandi.

Esperanto
Milliy nomi Esperanto
Mamlakatlar Polsha
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 000 - 2 000 000
Turkumlanishi
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 eo
ISO 639-2 epo
ISO 639-3 epo
Esperanto bayrogʻi

Esperanto — xalqaro sunʼiy tillardan eng koʻp tarqalgani (qarang Xalqaro tillar, Interlingvistika). 1887-yilda varshavalik vrach L. L. Zamengof tomonidan yaratilgan. Uning laqabi — „Esperanto“ (E.da yezregapgo — ishonuvchan demakdir) tilning nomiga aylangan. E. dastlab Rossiya va Polshada tarqalgan, lekin 20-asr boshlariga kelib Fransiya, Angliya va boshqalar mamlakatlarda koʻplab muxlislarga ega boʻlishi oqibatida esperantochilar harakati xalqaro darajaga koʻtariladi.

E. baynalmilal leksika (asosan, roman tillari, qisman german va slavyan tillari materiallari) asosida tuziladi. Cheklangan miqdordagi oʻzaklardan tilning butun lugʻat tarkibini ishlab chiqish imkonini beradigan soʻz yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega. E. grammatikasi tabiiy tillar grammatikasiga qaraganda sodda va qatʼiy meʼyorlashgan: unda soʻz turkumlarini ifodalovchi 11 tagina variantlashmagan qoʻshimcha mavujud. Bopgqa koʻplab affikslar ham muayyan shakllarni ifodalash uchun „ixtisoslashgan“. E.da urgʻu, asosan, soʻz oxiridan 2boʻgʻinga tushadi.

E. oʻzining paydo boʻlgan davridan hozirgi gacha tadrijiy rivojlanib keldi: u dastlab slavyan tillari materiallariga asoslangan boʻlsa, keyinchalik bu tamoyil milliy taʼsirlardan holi boʻlgan xalqaro standartni ishlab chiqish bilan almashinadi; tildan foydalanishning yangi sohalari oʻzlashtiriladi; turli funksional (soʻzlashuv, ilmiy, badiiy, publitsistik) uslublar paydo boʻldi; E.ning dastlabki asosiy lugʻaviy boyligi va grammatik qurilishi aynan saqlanib qolgan holda, lugʻaviy zaxira yangi oʻzaklar (koʻproq ilmiytexnik terminlar) bilan boyib, 1887-yildagi 927 oʻzak 1984-yilda 16 ming oʻzakka yetadi. E. fonetikasi, grammatikasi va soʻz yasalishida ham, uning koʻp millatli muhitda qoʻllanishi munosabati bilan bir qancha oʻzgarishlar roʻy beradi: baynalmilal boʻlmagan tovushlar va tovush qoʻshilmalari bartaraf etiladi, uzun soʻzlar qisqartiriladi, ularning morfologik qurilishi soddalashtiriladi va boshqalarE.da koʻplab original (jumladan, sheʼriy) adabiyot mavjud. Tarjima asosidagi badiiy adabiyot esa 50 dan ortiq tillardan tarjima qilingan antik va hozirgi adabiyotlar asarlaridan iborat (Sofokl, Ezop, Dante, Shekspir, Gyote, Pushkin, L.Tolstoy, Yesenin, Mayakovskiy va boshqalarning asarlari); maxsus, ilmiytexnikaviy adabiyot ham bor. E., shuningdek, matbuot (140 ga yaqin davriy nashr) va radioeshittirishlarda (9 ta radiostansiya eshittirishlari) ham qoʻllanadi.

Koʻplab mamlakatlar vakillarini oʻz ichiga olgan xalqaro Esperanto akademiyasi (1908-yilda tashkil topgan) E.ni meʼyorlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hamda E.ga kiritiladigan yangi oʻzaklarni tasdiqlovchi tashkilot hisoblanadi.

Adabiyot tahrir

  • Problemm interlingvistiki, M., 1976; Isayev M. I., Yazmk esperanto, M., 1981; Semenova Z. V., Isayev M. I.,Uchebnik yaznka esperanto, M., 1984.

Til tahrir

Esperanto har qanday ziyoli kishi uchun ikkinchi (ona tilidan soʻng) til boʻlib, universal xalqaro til boʻlishi maqsadida yaratilgan (Istisno: bugungi kunda esperantoni oʻz ona tili, deb tan oluvchilar (denaskuloj) ham mavjud, ularning soni 200 dan 2 minggachadir). Esperanto tilini oʻrganish nisbatan osonligi hamda uning neytralligi, etnik emasligi tillararo toʻsiqni bemalol yengib oʻtishga yordam qiladi.

Alifbo va talaffuz tahrir

Alifbo: A, B, C, Ĉ, D, E, F, G, Ĝ, H, Ĥ, I, J, Ĵ, K, L, M, N, O, P, R, S, Ŝ, T, U, Ŭ, V, Z.

Har bir harfga bitta tovush mos keladi (fonetik xat). Xarf oʻqilishi uning soʻzdagi joylashishiga bogʻliq emas (xususan, soʻz oxiridagi jarangli undoshlar oʻqilmaydi).

Urgʻu doim oxirgidan oldingi boʻgʻinga tushadi.

C (co) ts, deb talaffuz qilinadi: centro — markaz, sceno — sahna. Ĉ (ĉo) ch, deb talaffuz qilinadi: ĉefo — shef, boshliq; ĉokolado — shokolad. G (go) doim g, deb talaffuz qilinadi (baʼzi tillardagi kabi j emas): grupo — guruh, geografio — joʻgʻrofiya. Ĝ (ĝo) j, deb talaffuz qilinadi: ĝardeno [jardéno] — bogʻ, etaĝo [etájo] — qavat. H (ho) inglizchadagi h kabi boʻgʻiq talaffuz qilinadi: horizonto — ufq. Ĥ (ĥo) oʻzbekchadagi x kabi talaffuz qilinadi: ĥameliono — buqalamun, ĥirurgo — jarroh, ĥolero — oʻlat. J (jo) — y,deb talaffuz qilinadi: jaguaro — yaguar, jam — allaqachon. Ĵ (ĵo) ruschadagi j kabi talaffuz qilinadi: ĵargono — jargon, ĵaluzo — rashk, ĵurnalisto — muxbir. Ŝ (ŝo) sh, deb talaffuz qilinadi: ŝi — u, ŝablono- shablon. Ŭ (ŭo) — inglizchadagi w kabi talaffuz qilinadi: paŭzo — pauza, Eŭropo — Yevropa.

Talaffuz namunasi ("Hazrat" duosi)

Lugʻat tahrir

Soʻzlarning koʻpchiligi roman-german tillaridagi soʻzlar bilan oʻzakdosh. Baʼzi soʻzlar slavyan tillaridan olingan. Ularning boshlangʻich orfografiyasi esperanto tilida saqlanib qolmagan.

Grammatika tahrir

Esperanto grammatikasini istisnolarsiz 16 qoida koʻrinishida tasniflash mumkin (birinchi darslikda aynan 16ta qoida yozilgan edi). Yozuv uchun lotin alifbosi asosidagi fonematik alifbo ishlatiladi.

Esperantistlar tahrir

Esperantistlar, yaʼni esperanto tilida gaplashuvchilar soni aniq emas. Lekin, shunisi aniqki, esperanto tili sunʼiy tillar ichida eng omadlisidir. 2004 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Universala Esperanto-Asocio (Butunjahon Esperanto Assotsiatsiyasi) 114 ta mamlakatda oʻz aʼzolariga ega, har yili oʻtkaziladigan Universala Kongreso (Butunjahon Esperantistlar Kongressi) esa 5 ming nafargacha ishtirokchi yigʻadi.

Havolalar tahrir