Estafeta (ital. — toʻlqin, tugʻyon) — sport musobaqasi turi. E.da 4 kishidan iborat sport jamoasi belgilangan masofada navbatmanavbat (birbiriga ramziy tayoqchani uzatgan holda) musobaqalashadi. E. odsiy — bir xil usulda va har xil usulda boʻladi. Olimpiada oʻyinlarida E. musobaqalari yengil atletika (4x100 m, 4x400 m), suvda suzish (erkin usulda ayollar uchun 4x100, erkaklar uchun 4x200 m; chalqancha, batterflyay, brass va erkin usulda suzish tartibida 4x100 m), changʻi sporti (ayollar uchun 4x5 km, erkaklar uchun 4x10 km) va biatlon (4x7,5 km) boʻyicha tashkil etiladi.