Evritop organizmlar
Evritop organizmlar (evri... va yun. 1oro8 — joy) — xilmaxil muhit sharoitida hayot kechira oladigan va keng miqyosda ekologik chidamlilikka ega boʻlgan hayvon va oʻsimliklar. Evritop organizmlar areali, odatda, keng. Mas, oddiy qayin qum, loy tuproqli va moxli botqoqliklardan tortib, baʼzan dasht mintaqalarigacha tarqalgan. Dala sichqonlari dasht, oʻtloq, dalalar, oʻrmon chetlari va boshqalar joylarda hayot kechiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |