Furuzan (1932-yil 29-oktabrda tugʻilgan Füruzan Yerdelen) — mustaqil taʼlim bilan yozuvchilik darajasiga yetishgan turk yozuvchisi. Asarlarida kambagʻallarga boʻlgan chuqur hamdardligi va xorijdagi turk muhojirlarining hayotini yoritib berishi bilan yuksak qadrlanadi.[1][2][3]

Füruzan Selçuk
Füruzan2013Tüyap.jpg
Füruzan 2013-yilda
Tavalludi
Füruzan Yerdelen

29-oktabr 1932-yil (1932-10-29) (90 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Yozuvchi

Furuzan Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. Bolaligidan kitob oʻqishga ishtiyoqi baland boʻlgan va koʻp vaqtini kitoblarga bagʻishlagan lekin sakkizinchi sinf paytida otasining vafoti sabab maktabni tark etishga majbur boʻlgan. „Kichik teatr“ aktyorlik kompaniyasida aktrisa boʻlib ishlashi bilan birgalikda sheʼr va hikoyalar yozishni boshlagan. U 1958-yilda kasbi karikaturachi boʻlgan Turhan Selchukga turmushga chiqqan. Oʻn yillik turmushdan keyin munosabatlariga darz ketadi va eri bilan ajrashadi, bu paytda esa ularning bir farzandi boʻlgan. Bu hodisadan keyin esa Furuzan butun diqqatini yozuvchilikka bagʻishlagan. 1971-yilda esa oʻzining birinchi "Parasiz Yatili " (" Bepul maktab-internat ") hikoyalar toʻplamini nashr ettirdi va Sait Faik hikoyalar mukofotiga sazovor boʻlgan. 1975-yilda ilk romani „47’liler“ ("47-yilda tugʻilganlar") nashr etildi va „Turk Tili Jamiyati“ Roman mukofotiga sazovor boʻldi.

Ingliz tili bibliografiyasiTahrirlash

Furuzanning qisqa hikoyalar toʻplami ingliz tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.

Muhabbatga toʻla yozTahrirlash

2001-yilda turk yozuvchisi Füruzanning " Milet Books „ nashriyotida nashr etilgan qisqa hikoyalar toʻplami, turkcha-inglizcha hikoyalar toʻplamining bir qismi sifatida Damian Croft tomonidan ikki turkcha va inglizcha tarjimada nashr qilingan.

Nashriyot bu asar haqida muallifning turmushning past balandliklari va ijtimoiy tabaqalanishning jamiyatga taʼsirini koʻrsatish bilan birgalikda oʻzining sezgirligi, psixologik tushunchasi va oʻziga xos bilish instinktini namoyish etadi“.[4]

" Write Away " jurnalidagi sharhda aytilishicha, „Yozuvchining ish uslubi qisqa hikoya yozish texnikasining ajoyib boshlanmasidir va bu janr talab qiladigan turli parametrlarni amalga oshirishni ragʻbatlantiradi“, degan xulosaga kelishdan oldin, "Qiyin va juda foydali oʻqish kitobidir.. ".[5]

NashrlarTahrirlash

Onlayn tarjimalarTahrirlash

BibliografiyaTahrirlash

Qisqa hikoyalar toʻplamlariTahrirlash

  • Parasiz Yatili (Bepul maktab-internat) (1971)
  • Kusatma (Qamal) (1972),
  • Benim Sinemalarim (Mening kinolarim) (1973),
  • Gecenin Oteki Yuzu (Tunning boshqa yuzi) (1982),
  • Gul mevsimidir (Bu atirgullar fasli) (1985).
  • „Su ustasi Miraç“ (Suv ustasi Mirach)

RomanlarTahrirlash

  • 47’liler (47 yilda tugʻilganlar) (1975),
  • Berlinning Nar Cicegi (Berlinning anor guli) (1988).

FilmografiyaTahrirlash

  • Sira sende fistik (1971, aktrisa sifatida)[6]
  • Ah güzel Istanbul (1981, yozuvchi sifatida)[7]
  • Benim sinemalarim (Mening kinolarim) (1990, yozuvchi va rejissor sifatida)[8]

MukofotlarTahrirlash

  • 1971-yil Sait Faik qisqa hikoyalar mukofoti „ Parasiz Yatili“ (bepul maktab-internat) uchun berilgan.
  • 47’liler ('47-yilda tugʻilganlar) uchun 1975-yil Turk Tili Jamiyatining Roman mukofoti bilan taqdirlangan.

ManbalarTahrirlash

  1. „Füruzan“. Milet Books. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.
  2. „Füruzan“. Boğaziçi University. 11-noyabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.
  3. „Fürüzan“. answers.com. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.
  4. „A Summer Full of Love“. Milet Books. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.
  5. „A Summer Full of Love“. Milet Books. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil. „A Summer Full of Love“. Milet Books. Retrieved 2009-10-24.
  6. „Sira sende fistik“. imdb.com. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.
  7. „Ah güzel Istanbul“. imdb.com. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.
  8. „Benim sinemalarim“. imdb.com. Qaraldi: 24-oktabr 2009-yil.