FIFA Jahon chempionati 2014 finali

FIFA Jahon chempionati 2014 finali 2014-yil 13-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Maracanã stadionida boʻlib oʻtadi, ushbu final oʻyinida FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasining gʻolibi aniqlanadi.[2][3]

FIFA Jahon chempionati 2014 finali
2014 FIFA World Cup Final

Lukas Podolski jahon chempionati kubogini koʻtarmoqda.
Musobaqa FIFA Jahon chempionati 2014
Qoʻshimcha taymdan keyin
Sana 13-iyul 2014
Maydon Maracanã stadioni, Rio-de-Janeyro
Oʻyin qahramoni Mario Götze (Olmoniya)
Hakam Nicola Rizzoli (Italiya)
Tomoshabinlar 74,738
Ob-havo Qisman bulutli
23 °C (73 °F)
65% namlik[1]
2010
2018

Final Olmoniya va Argentina milliy terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. 1986 va 1990-yilgi jahon chempionatlaridan keyin, ushbu oʻyin jahon chempionatlari tarixida, bu ikki jamoa oʻrtasidagi 3-final uchrashuvidir.

Oʻyindan oldin, Olmoniya 7 marta jahon chempionatlari finaligacha yetib kelgan (shulardan 6tasida 1954-yildan 1990-yilgacha Gʻarbiy Olmoniya nomi ostida oʻynagan), shulardan, 3ta finalda yutgan (1954, 1974 va 1990-yillari) 4ta finalda yutqazib kumush medallar sohibiga aylangan (1966, 1982, 1986 va 2002-yillari). Argentina esa, 4 marta finalga chiqib, shulardan, 2tasida gʻalaba qozonib (1978 va 1986-yillari), 2tasida magʻlub boʻlgan (1930 va 1990-yillari). Final uchrashuvining asosiy vaqti 0-0 hisobida yakunlandi va qoʻshimcha taymda burchakdan André Schürrle uzatgan topni, Mario Götze koʻkragi bilan toʻxtatib, havolatib bir zarbada darvozaga joylab qoʻydi.

Ushbu gʻalaba Olmoniyaning toʻrtinchi, Gʻarbiy va Sharqiy Olmoniya birlashganidan keyingi birinchi va Yevropa qitʼasidan tashqarida olgan ilk jahon chempionati kubogidir. Olmoniyaning gʻalabasidan keyin, soʼnggi 3 ta jahon chempionati faqat Yevropa vakillari yutib kelinmoqda, shuningdek Yevropa vakilining ilk bora Janubiy Amerika zaminida jahon kubogini yutishidir. Miroslav Klose ushbu chempionatda urgan gollari bilan, umumiy jahon chempionatlarida urgan gollari hisobi bilan 7 ta gol bilan jahon chempionati rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, u 3ta jahon chempionatida ishtirok etgan 7ta futbolchining biriga aylandi.

Uchrashuvlar tarixi tahrir

 
Maracanã stadionida final oʻyini ketmoqda

Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa 20 marta bir biriga qarshi yashil maydonda kuch sinashishgan, shulardan, 6ta uchrashuvda Olmoniya gʻalaba qozongan, 5ta oʻyin durang biln yakunlangan, qolgan 9ta oʻyinda Argentinaliklarning qoʻllari baland kelgan va har ikki terma jamoa umumiy bir biriga urgan gollari soni 28ta boʻlgan. Oltita uchrashuv jahon chempionatlarida kechgan, ikkita uchrashuv jahon chempionatlari finalida boʻlib oʻtgan:

2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan tarkiblarda, 2006 va 2010-yilgi jahon chempionatida boʻlgan uchrashuvlarda ham oʻynagan futbolchilar:

Klose bitta golini 2006 -yilgi uchrashuvda, ikkita golini 2010-yilgi uchrashuvda urgan, Müller esa bitta golini 2010-yilgi uchrashuvda urgan.[10] Olmoniya bosh murabbiyi Joachim Löw 2006 va 2010-yilgi uchrashuvlarda ham terma jamoa murabbiyi edi.

Bu ikki terma jamoa oʻrtasidagi eng oxirgi oʻrtoqlik uchrashuvi 2012-yili 15-avgustda, Frankfurt am Maindagi Commerzbank-Arena stadionida boʻlib oʻtgan edi, oʻshanda Argentina 3-1 hisobida gʻalaba qozongan edi.[11]

Jamoalar tahrir

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.

Finalgacha bosib oʻtilgan yoʻl tahrir

Olmoniya Round Argentina
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
  Portugaliya 4–0 1-tur   Bosniya va Gersegovina 2–1
  Gana 2–2 2-tur   Eron 1–0
  AQSh 1–0 3-tur   Nigeriya 3–2
G guruhi gʻolibi
Jamoa D M KG OʻG TN O
  Germaniya 3 2 1 0 7 2 +5 7
  AQSh 3 1 1 1 4 4 0 4
  Portugaliya 3 1 1 1 4 7 −3 4
  Gana 3 0 1 2 4 6 −2 1
Soʻnggi jadval koʻrinishi F guruhi gʻolibi
Jamoa D M KG OʻG TN O
  Argentina 3 3 0 0 6 3 +3 9
  Nigeriya 3 1 1 1 3 3 0 4
  Bosniya va Gersegovina 3 1 0 2 4 4 0 3
  Eron 3 0 1 2 1 4 –3 1
Raqib Natija Pley-off bosqichi Raqib Natija
  Jazoir 2–1 (q.v) Nimchorak final    Shveysariya 1–0 (q.v)
  Fransiya 1–0 Chorak final   Belgiya 1–0
  Braziliya 7–1 Yarim final   Niderlandiya 0–0 (q.v) (4–2 pen.)

Asosiy lagerlar va maydonlar tahrir

Jamoa Asosiy lager 1-tur 2-tur 3-tur Nimchorak final Chorak final Yarim final
  Argentina Vespaziano (Minas-Jerais) Rio de Janeyro Belu Orizonti Portu Alegri San Paulu Brazilia San Paulu
  Germaniya Santa-Krus-Kabralia (Baiya) Salvador Fortaleza Resifi Portu Alegri Rio de Janeyro Belu Orizonti

Olmoniya oʻzininglagerini shimoliy Braziliyadagi Baiyada qurdi; uning narxi £25 million boʻldi.[12] Ular 2014-yil 8-iyunda Braziliyaga yetib kelgan edi.[13]

Koptok tahrir

FIFA Jahon chempionati 2014 finali uchun tayyorlangan “Adidas Brazuca Final Rio” nomli koptogi 2014-yilning 29-mayida keng ommaga namoyish qilingan edi, bu koptok boshqa guruh bosqichi va pley-off bosqichidagi koptoklardan farq qiladi. Adidas Brazuca Final Rio koptogining sirti jahon chempionati sovrinidagi yashil va oltin ranglarida bezalgan, oldingi chempionat oʻyinlarida ishlatilgan Brazuca koptogiga oʻxshash.[14] Brazuca Final Rio koptogi uchunchi marta Adidas kompaniyasining mahsuloti sifatida, jahon chempionatida qoʻllanilmoqda, undan oldin 2006-yilgi jahon chempionatida Teamgeist Berlin, 2010-yilgi chempionatda esa Jo'bulani nomli Adidas koptoklari qoʻllanilgan edi.

Hakamlar tahrir

Final uchrashuvini Italiyalik hakam Nicola Rizzoli, qanot hakamlari Italiyalik Renato Faverani va Andrea Stefani, toʻrtinchi rasmiy hakam esa Ekvadorlik Carlos Veralar final uchrashuvini boshqaradi.[15] FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida Nicola Rizzoli, guruh bosqichida Ispaniya-Niderlandlar va Nigeriya-Argentina uchrashuvlarini, chorak finalda esa Argentina va Belgiya oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan edi. Uning eng oxirgi boshqargan nufuzli UEFA Yevropa ligasi 2010 finali va UEFA Chempionlar ligasi 2013 final uchrashuvlarini boshqargan, FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati 2011, UEFA Yevropa chempionati 2012 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musobaqalarini boshqargandan keyin u dunyoning eng nomdor hakamlar safiga qoʻshildi. U jahon chempionatlari finallarini boshqargan 3-italiyalik hakam boʻldi, ungacha 1978-yili Sergio Gonella va 2002-yilgi chempionat finalini Pierluigi Collina boshqargan edi.[15]

Oʻyin tahrir

Qisqacha maʼlumot tahrir

 
Götze golini kiritayotgan vaziyat

Har ikki terma jamoa finaldagi tarkibi yarim finaldagidan oʻzgarmadi, faqat olmon futbolchisi Sami Khedira oʻyin oldidan qizib olish mashgʻulotida yengil tumov boʻladi va uning oʻrniga Christoph Kramer maydonga tushadi, ammo, Kramer ham qisqa vaqtda jarohat olib birinchi taymdanoq maydonni tark etadi, oʻrniga André Schürrle tushadi.[16]

Olmoniya futbolchisi Mario Götze qoʻshimcha taymning 113-daqiqasida gol urdi. Argentina hujumchisi Gonzalo Higuaín urgan goli hisoblanmadi, yon hakam oʻyindan tashqari holat deb topdi.

Tafsilotlar tahrir

13-iyul 2014
16:00
  Germaniya 1–0 (q.v)   Argentina Estádio do Maracanã, Rio-de-Janeyro
Tomoshabinlar: 74,738
Hakam: Nicola Rizzoli (Italiya)
Götze   113' Hisobot
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Olmoniya
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Argentina
DA 1 Manuel Neuer
HM 16 Philipp Lahm (s)
HM 20 Jérôme Boateng
HM 5 Mats Hummels
HM 4 Benedikt Höwedes   34'
YH 23 Christoph Kramer   31'
YH 7 Bastian Schweinsteiger   29'
YH 13 Thomas Müller
YH 18 Toni Kroos
YH 8 Mesut Özil   120'
HJ 11 Miroslav Klose   88'
Almashtirishlar:
YH 9 André Schürrle   31'
YH 19 Mario Götze   88'
HM 17 Per Mertesacker   120'
Bosh murabbiy:
Joachim Löw
 
DA 1 Sergio Romero
HM 4 Pablo Zabaleta
HM 15 Martin Demichelis
HM 2 Ezequiel Garay
HM 16 Marcos Rojo
YH 14 Javier Mascherano   64'
YH 6 Lucas Biglia
YH 8 Enzo Pérez   86'
YH 22 Ezequiel Lavezzi   46'
YH 10 Lionel Messi (s)
HJ 9 Gonzalo Higuaín   78'
Almashtirishlar:
HJ 20 Sergio Agüero   65'   46'
HJ 18 Rodrigo Palacio   78'
YH 5 Fernando Gago   86'
Bosh murabbiy:
Alejandro Sabella

Oʻyin qahramoni:
Mario Götze (Olmoniya)

Yon hakamlar:
Renato Faverani (Italiya)
Andrea Stefani (Italiya)
Toʻrtinchi hakam:
Carlos Vera (Ekvador)
Beshinchi hakam:
Christian Lescano (Ekvador)

Statistikalar tahrir

Umumiy Olmoniya Argentina
Gollar 1 0
Darvoza tomon zarbalar 10 10
Aniq zarbalar 7 2
Toʻp bilan muomala 53% 47%
Burchak toʻplari 5 3
Buzilgan oʻyin qoidalari 20 17
Oʻyindan tashqari holatlar 3 2
Qaytarilgan toʻplar 2 6
Sariq kartochkalar 2 2
Qizil kartochkalar 0 0

Taniqli tomashabinlar tahrir

 
Olmoniya kansleri Angela Merkel (chapda) final oʻyiniga boradi, biroq Argentina prezidenti Cristina Fernández de Kirchner (oʻngda) betobligi tufayli Braziliyaga kelolmadi

Braziliya prezidenti Dilma Roussef BRICS tashkilotiga aʼzo mamlakatlari liderlarini, 6-BRICS sammiti oldidan, ushbu chempionat final uchrashuviga taklif etgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “Sport butun dunyo xalqlari orasiga doʻstlik ruhini hamda hamjihatlikni olib keladi. Futbol boʻyicha jahon chempionati musobaqasi butun jahon xalqlarining birlashishi uchun koʻprik vazifasini oʻtashi mumkin! Jo khele, wo hi khile (Faqat rango-rang oʻynaydiganlar uchun)” - deya fikr bildirgan.[17] Shuningdek, keyingi jahon chempionati mezboni Rossiyaning prezidenti Vladimir Putin[18] va oʻtgan jahon chempionati mezboni Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jacob Zuma ham taklif etilgan.[19] Shuningdek, Rousseff honim musobaqa gʻolibini shaxsan oʻzi jahon chempionati sovrini bilan taqdirlaydi.[20]

Olmoniya prezidenti Joachim Gauck hamda kansler Angela Merkel finalni tomosha qilish uchun keladi. Bundan oldin, Merkel Salvadorda boʻlib oʻtgan Olmoniya va Portugaliya uchrashuvida ham ishtirok etgan edi.[21] Argentina prezidenti Cristina Fernández de Kirchner nevarasining tugʻilgan kuni boʻlganligi tufayli va sogʻligi yomonligi tufayli ushbu uchrashuvga kelolmaydi.[22]

Shuningdek, Mick Jagger, David Beckham, Plácido Domingo Jr., Ashton Kutcher, Daniel Craig, Tom Brady, LeBron James, Rihanna va Pelelar final uchrashuvini stadiondan turib kuzatdi.[23]

Marosimlar tahrir

Final oʻyinidan oldin, dunyoning mashxur yulduzlari Shakira, Carlinhos Brown, Carlos Santana, Wyclef Jean, Ivete Sangalo va Alexandre Pires Maracana stadionida chiqish qiladi, ijod namunalaridan ijro etadi.[24] Braziliyalik supermodel Gisele Bündchen va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Carles Puyol oʻyindan oldin musobaqa sovrinini topshiradi.[25]

Shuningdek, koʻring tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Tactical line-up – Germany –Argentina“ (PDF). FIFA.com (Fédération Internationale de Football Association) (13-iyul 2014). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2019-03-02 sanasida arxivlangan)
  2. „Groups & Schedule“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation). 2015-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2014.
  3. „Matches“. FIFA.com (Fédération Internationale de Football Association). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2014. (Wayback Machine saytida 2019-05-17 sanasida arxivlangan)
  4. „1958 FIFA World Cup Match Report: Argentina – Germany FR“. FIFA.com.
  5. „1966 FIFA World Cup Match Report: Germany FR – Argentina“. FIFA.com.
  6. „1986 FIFA World Cup Match Report: Argentina – Germany FR“. FIFA.com.
  7. „1990 FIFA World Cup Match Report: Germany FR – Argentina“. FIFA.com.
  8. „2006 FIFA World Cup Match Report: Germany – Argentina“. FIFA.com.
  9. „2010 FIFA World Cup Match Report: Argentina – Germany“. FIFA.com.
  10. „Miroslav Klose breaks Ronaldo's record to become the top scorer in World Cup history“. Daily Mail (8-iyul 2014). Qaraldi: 9-iyul 2014.
  11. „Germany 1 Argentina 3“. Goal.com (15-avgust 2012). Qaraldi: 9-iyul 2014.
  12. Hoffert, Josh „Germany Built Their Own Base Camp in Brazil for the World Cup“. Sporttechie. Qaraldi: 12-iyul 2014.
  13. „German team arrives in Brazil for 2014 World Cup“. Deutsche Welle. Qaraldi: 12-iyul 2014.
  14. „adidas Brazuca Final Rio unveiled“ (Inglizcha) (2014-yil 29-may). 2017-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
  15. 15,0 15,1 „Nicola Rizzoli to referee Final“. FIFA.com (11-iyul 2014). 2018-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-iyul. (Wayback Machine saytida 2018-04-04 sanasida arxivlangan)
  16. Sargeant, Jack. „Christoph Kramer replaces Sami Khedira in Germany lineup“. SB Nation (13-iyul 2014). Qaraldi: 14-iyul 2014.
  17. IANS. „Modi Likely to Watch FIFA World Cup Final ahead of BRICS Summit“. India West (2014-yil 17-iyun). Qaraldi: 2014-yil 11-iyul. [sayt ishlamaydi]
  18. „Vladimir Putin to attend World Cup final in Brazil“. The Voice of Russia (2013-yil 20-sentyabr). 2014-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  19. „Zuma to watch World Cup final“. The Citizen. South African Press Association (13-iyul 2014). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2014.
  20. „Dilma Rousseff Confirms She Will Hand the Trophy to the World Cup Winner and Says Boos "Are Part of the Job"“. Folha de S. Paulo. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  21. Marcelo Camargo/Agência Brasil. „Germany chancellor and president to watch final at Maracanã“. Agenciabrasil.ebc.com.br (2014-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  22. „Argentine president to miss WC final due to illness“. GlobalPost (2014-yil 7-iyul). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul. (Wayback Machine saytida 2014-07-14 sanasida arxivlangan)
  23. Maese, Rick; Phillips, Dom „2014 World Cup draws to a close in conflicted Brazil“. Rio de Janeiro: The Washington Post (13-iyul 2014-yil). 2018-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2018-12-13 sanasida arxivlangan)
  24. „FIFA World Cup 2014 Closing Ceremony Details: Time and Venue; Shakira to Perform Live“. International Business Times (10-iyul 2014). Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  25. „Puyol, Gisele to unveil Trophy prior to the Final“. FIFA.com. 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul. (Wayback Machine saytida 2017-08-16 sanasida arxivlangan)