Farida Yasmin (jurnalist)
Farida Yasmin (1963-yil 1-iyunda tugʻilgan) — Bangladeshlik jurnalist[4]va muharrir boʻlishidan tashqari Jatiya Press Club prezidentidir[5]. U The Daily Ittefaq gazetasining katta jurnalisti va Bangladesh Milliy matbuot klubining sobiq bosh kotibi[3][6]. 2017-yilda u Bangladesh Press-klubining birinchi ayol bosh kotibi etib saylangan edi[7][8]. U Milliy press-klubning sobiq qoʻshma kotibi boʻlib faoliyat olib borgan.
Farida Yasmin | |
---|---|
ফরিদা ইয়াসমিন | |
![]() | |
Tavalludi |
Farida Yasmin Bulbul 1-iyun 1963-yil Raipura Upazila, Narsingdi District|Narsingdi |
Fuqaroligi | Bangladesh va Pokiston |
Kasbi | Jurnalist[1] va muharrir[2] |
Turmush oʻrtogʻi |
Naem Nizam (turm. 1990) [3] |
Bilimi | Ommaviy axborot vositalari va jurnalistika magistrlari |
Faoliyat yillari | 1989-yildan boshlab |
Mukofotlari | Women lead the nation award, Bangladesh Mahila Parishad award |
Bolalari | 2 nafar |
Imzo | |
![]() |
Avvalgi hayoti va taʼlimiTahrirlash
Uning otasi Shakhawar Hossain Bhuiyan, onasi esa Jahanara Hossain. U Narsingdi shahridagi Shibpur qizlar oʻrta maktabining oʻquvchisi boʻlgan edi. U Shibpur Qizlar oʻrta maktabidan SSC imtihonidan va Eden Mohila kollejidan HSC imtihonidan oʻtadi. Yasmin Dhaka universiteti magistraturasini tamomlagan[9].
FaoliyatiTahrirlash
Yasmin 2011[10], va 2012-yillarda[11][12], Bangladesh Milliy press-klubining qoʻshma kotibi etib saylangan. 2013-yilda u sudlangan harbiy jinoyatchilar Abdul Quadir Molla va Muhammad Kamaruzzamann press-klubdan haydalganini eʼlon qilib, „Bir ovozdan qaror JPC boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishida qabul qilingan“, deb aytadi[13]. U South Asian Womenʼs Media Forumining qoʻshma kotibi va forumning taʼsischi aʼzosi edi[14][15]. U Bangladeshda ayollar uchun nikoh yoshini 18 yoshda boʻlishi va shu yoshda ushlab turish haqida koʻp gapirdi[16].
2016-yilda Yasmin Dakka universiteti ommaviy kommunikatsiyalar va jurnalistika bitiruvchilari uyushmasining vitse-prezidenti etib tayinlanadi[17]. U 2017-yil 1-yanvarda Jatiya Press-Clubining Bosh kotibi etib saylangan, u Jatiya Press-Clubining birinchi ayol bosh kotibi boʻlgan edi[18]. U 2018-yil 18-dekabrda Jatiya press-klubi bosh kotibi lavozimiga yana qayta saylangan[19]. U womeneye24.com muharriri va nashriyotchisi boʻlib faoliyat olib boradi[20]. 2020-yil 31-dekabrda u Jatiya Press-klubining prezidenti etib saylanadi, prezident etib saylangan insonlar ichida birinchi ayol boʻlgan edi[21].
Nashr qilingan kitoblariTahrirlash
- Basha Andolon o nari, 2005-yil
- Ujjal Narir Muxomuxi, 2005-yil
- Itehasher Aynay Bangabandhu, 2017-yil
Shaxsiy hayotiTahrirlash
Yasmin 1990-yilda jurnalist Naem Nizom bilan turmush qurgan. Ularning Mohir Abror ismli bir o‘g‘li va Nujhat Purnata ismli 1 nafar qizi bor[22].
ManbalarTahrirlash
- ↑ „30 female garment workers honoured“. independent-bangladesh.com. Independent Bangladesh. 19-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Social Afforestation Improves Environ, Eradicates Poverty“. The New Nation (17-iyul 2013-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Journalist Farida Yasmin's father passes away“. Daily Sun. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ Singh, A. K.. Media Power and Press Freedom (en). Pinnacle Technology, 10 January 2010. ISBN 9781618202659. 18-noyabr 2016-yilda qaraldi. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Farida, Elias elected as JPC president, secretary“ (en). New Age. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Media can play big role“. The Daily Star (10-iyun 2015-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „National Press Club gets Farida Yasmin as first female general secretary; Shafiqur elected president“. bdnews24.com. Qaraldi: 5-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Shafique-Farida panel sweeps Jatiya Press Club polls“. The Daily Star (31-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2017-yil.
- ↑ „UNB 'Light & Lens' with Farida Yasmin“. Dhaka Courier. Qaraldi: 30-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Sabuj elected press club president, Abdal GS“. bdnews24.com. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Press Club poll: Sabuj, Abdal reelected president, secy“. risingbd.com. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „JPC team leaves for Agartala today“. The New Nation (28-aprel 2012-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Quader Mollah, Kamaruzzaman lose Press Club memberships“. sharemarket24.com. 18-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „New committee of SAWM formed“. The New Nation (10-aprel 2010-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „South Asian women's forum formed“. The New Nation (6-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Majority for retaining girls' marriage age at 18“. hawker.com.bd. Hawker. 19-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „DUMCJAA forms new committee“. The Daily Star (31-iyul 2016-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
- ↑ „National Press Club gets Farida Yasmin as first female general secretary; Shafiqur elected president“. bdnews24.com. Qaraldi: 30-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Saiful-Farida panel sweeps National Press Club polls“. Dhaka Tribune. Qaraldi: 30-dekabr 2018-yil.
- ↑ „WomenEye24.com – Communication for equality“ (en-US). Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.
- ↑ „Farida elected first Jatiya Press Club female president“ (English). unb.com.bd (31-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ সাপ্তাহিক, অন্যধারার কাগজ. {{{title}}} (bn), Dhaka, January 2018 — 21 bet.