Farmakognoziya (yun. pharmakon — dori va gnosis — oʻrganish) — farmatsiyanmig bir boʻlimi. Oʻsimliklar va hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlar, ularni birlamchi qayta ishlashdan hosil boʻladigan baʼzi moddalar (efir moylar, smolalar, sut shiralar, daraxt yelimlari va boshqalar)ni oʻrganadi. Asosiy vazifasi dorivor xom ashyolarni tadqiq etish, ulardagi taʼsirkor moddalarni aniklash usullarini ishlab chiqish, shuningdek, bu moddalarning oʻsimlik, hayvonlar aʼzo va toʻqimalarida joylashgan oʻrnini oʻrganishdan iborat. Bundan tashqari, yovvoyi dorivor oʻsimliklarning oʻsish joyi va zaxirasini aniqlash, ularni yigʻish, quritish, navlarga ajratish, qaytadan ishlash, saqlash va h.k. bilan ham shugʻullanadi. F. farmatsiyaning qad. sohalaridan boʻlib, yunon olimi Dioskorid unga asos solgan. Galen va Paratsels esa F.ni yangi yoʻnalishga solib yubordilar. Oʻrta asrlarda, ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Sharqning boshqa olimlari F. rivojiga ulkan hissa qoʻshdilar (qarang Tibbiyot), 18-asrda Rossiyada F. sohasida dorivor oʻsimliklarning qoʻllanishi haqida maʼlumotnoma va qoʻllanmalar paydo boʻldi. 1778-yilda birinchi rus farmakopeyasp bosilib chiqdi. Hozirgi Respublikamizda Oʻzbekiston kimyofarmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti faoliyat koʻrsatib kelmoqda. F. ga oid tadqiqotlar farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutlari va ftlari kafedralarida bajariladi. F. farmatsevtika taʼlimi sistemasiga kiritilib, oliy va oʻrta maxsus farmatsevtika bilim yurtlarida oʻqitiladi.