Farz (arabcha — qatʼiyat, majburiyat) — hamma musulmonlar bajarishi qatʼiy buyurilgan amallar. Bularga Qurʼonda koʻrsatilgan diniy eʼtiqod, marosim, urf-odat talablari, axloqiy va huquqiy normalar kiradi. Farz ikki turga — "farzi ayn" va "farzi kifoya"ga boʻlinadi. Birinchi turi barcha musulmonlarga babbarobar buyurilgan boʻlib, ularning adadi 40 ta (masalan, namoz, roʻza, tahoratdagi farzlardir). Amri maʼruf va nahiy munkar, ilm olish ham "farzi ayn"ga kiradi. "Farzi kifoya" esa bir qism musulmonlar bajarsa qolganlar zimmasidan soqit boʻladigan ishlar. Masalan, janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish, dafn etish kabilar. Shariatga koʻra, farzning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa, hamma musulmonlar gunohkor boʻladilar. Keng maʼnoda farz — bajarilishi zarur boʻlgan vazifa, burch.

Havolalar tahrir