Fatih Karagümrük S.K.

(Fatih Karagumrukdan yoʻnaltirildi)

Fatih Karagumruk (turkcha: Fatih Karagümrük SK) — Istanbulning Fotih tumanidagi Karagumruk kvartalidagi Turkiyaning professional futbol klubi boʻlib, hozirda Turkiya futbol ligalari tizimidagi eng oliy — Turkiya Superligasida oʻynaydi. Jamoa oʻz uy uchrashuvlarini qariyb 77 000 tomoshabinga moʻljallangan „Olimpiya“ stadionida oʻtkazadi.

Fatih Karagümrük
Toʻliq nomi Fatih Karagümrük Sportif Faaliyetler San. Tic. A.Ş.
Laqabi          Qora-qizilar (Kara Kırmızı)
Fotih avlodlari (Fatih'in Torunları)
Asos solingan 1926 (98 yil avval) (1926)
Stadion Otaturk Olimpiya Stadioni, Turkiya bayrogʻi Istanbul
Stadion hajmi 75,145[1]
Egasi Süleyman Hurma
Prezidenti Süleyman Hurma
Murabbiyi Andrea Pirlo
Vebsayt karagumruk.com
Musobaqasi Süper Lig
20 dan 8-oʻrin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Tarixi tahrir

Klub 1926-yilning bahorida Muxtar Beyning saʼy-harakatlari va "Acıçeşme Gençleri" va "Karagümrük Gençleri" yoshlar jamoalarining birlashishi tufayli tashkil etilgan. Shu bilan birga, olov va tutunni anglatuvchi qizil-qora ranglar ham tanlangan. Fatih Karagumruk 1942-yilgacha Turkiya ligalarida oʻynagan, keyin esa Maorif vaziri Hasan Ali Yucel tashabbusi bilan Eminonu hududida joylashgan Vefa sport klubidagi maydondan mahrum boʻlgan. Fatih Karagumruk 1946-yilgacha faoliyat koʻrsatmadi.

1946-yil 14-iyulda qizil-qoralar oʻz faoliyatini „Karagumruk Genchlik“ (turkcha: Karagümrük Gençlik Kulübü) nomi bilan davom ettirgan. Klub 1959-yilda tashkil etilgan birinchi Turkiya professional chempionatida ishtirok etdi. Jamoa Turkiyaning asosiy ligasida yana toʻrt yil oʻynadi va 1962/1963-yilgi mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketdi. 2019/20-yilgi mavsumda klub 1983/1984-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Oliy ligaga qaytdi[2] va jadvalda 5-oʻrinni egalladi, shuningdek, keyinchalik pley-off gʻolibiga aylandi.

Raqiblar tahrir

Fatih Karagumrukning eng prinsipial raqibi qoʻshni Istanbul viloyatidan boʻlgan „Kasimpasha“dir.

Ishtiroki tahrir

Turkiya Super Ligasi: 1958-63, 1983-84, 2020-hozirgacha

TFF Birinchi Ligasi: 1963-69, 1980-83, 1984-88, 1989-92, 2004-05, 2019-20

TFF Ikkinchi Ligasi: 1969-80, 1988-89, 1992-97, 2000-01, 2002-04, 2005-08, 2014-19

TFF Uchinchi Ligasi: 2001-02, 2008-09, 2012-14

Turkiya Mintaqaviy Havaskorlar Ligasi: 2010-12

Havaskor Futbol Ligalari: 1997-2000, 2009-10

Hozirgi tarkib tahrir

2022-yil 28-sentabr holatiga koʻra[3]
Amplua Futbolchi
1   TUR DR Batuhan Şen
2   ITA DR Emiliano Viviano
3   TUR HM Emir Tintiş
4   ITA HM Davide Biraschi
5   KOS HM Ibrahim Drešević
8   ITA YH Matteo Ricci
9   SEN HJ Mbaye Diagne
11   TUR YH Kerim Frei
13   TUR YH Colin Kazim-Richards
14   TUR YH Efe Tatlı
16   ITA HJ Fabio Borini
17   TUR YH Samed Onur
18   GER YH Levent Mercan
19 HJ Ebrima Colley
21   SWE YH Jimmy Durmaz
Amplua Futbolchi
22   TUR YH Burak Kapacak
23   TUR DR Cem Kablan
24   NGA YH Lawrence Nicholas
25   TUR YH Fatih Kurnaz
27   RUS YH Magomed Ozdoyev
29   UZB YH Otabek Shukurov
37   TUR HM Efecan Mizrakci
44 HM Steven Caulker
54   TUR HM Salih Dursun
70   CIV YH Jean Evrard Kouassi
77   BEL YH Adnan Ugur
86   TUR HM Burak Bekaroğlu
88   TUR HM Caner Erkin
99   ITA HM Rayyan Baniya


Manbalar tahrir

  1. „Tesi̇sleri̇mi̇z“.
  2. „Fatih Karagümrük promoted to Turkish Süper Lig“. Daily Sabah (31-iyul 2020-yil).
  3. „OYUNCULAR“. Fatih Karagümrük. 24-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.