Fayzulla Usmonov
Usmonov Fayzulla Asadullayevich (1935.30.4, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Geol. va mineralogiya fanlari doktori (1979). Oʻrta Osiyo politexnika institutini (1957), Toshkent universitetini tugatgan (1969). Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida ilmiy xodim va guruh rahbari (1957—84), boʻlim mudiri (19841992), institut direktori (1992—2001), shu intda matematik geologiya lab. mudiri (1992-yildan). Ilmiy faoliyati geologik tadqiqotlarni matematikalashtirish va kompyuterlashtirishta qaratilgan. U. Ye.E.Rahimova bilan hamkorlikda birinchi marta Yer yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotlar boʻyicha geologik obʼyektlarda minerallarni miqdoriy aniqlashning nazariyasi va uslublarini yaratdi. U. statistik nazariy taxlil asoslarini va konlarni bashorat qilish uchun yangi matematik usullar tavsiya qildi va ular asosida kompyuter dasturlar majmuasini va "Geoanaliz" nomli kompyuter axborot tizimini yaratdi. U. Oʻzbekiston geologlari milliy qoʻmitasining vitse-prezidenta, "Geologiya va mineral resurslar" jurnali bosh muharriri.
Manbalar
tahrir- Osnovi matematicheskogo analiza geologicheskix struktur, T., 1977; Matematicheskiye metodi v regionalnoy geologii i metallogenii, T., 1984.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |