Feofan Grek (taxminan 1340 – 1405-yil dan keyin) – rus rassomi, miniatyura va monumental sanʼat ustasi. U ikona sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynagan hamda oʻziga xos maktab yaratgan. Feofan grek asarlariga koʻtarinki ruh, obrazlariga emotsional dramatik talqin, dinamik kompozitsiya, aniq chizma, qatʼiy kolorit, nafis dadil tasvirlar xos. Asosan, Vizantiya va qadimiy Rossiyada ishlagan, Konstantinopol, Feodosiya, Novgorod, Nijniy Novgorod, Moskvada 40 ga yaqin cherkovlarni freska, ikona, miniatyuralar bilan bezagan. Moskva Kremldagi Blagoveshchensk ibodatxonasiga Andrey Rublev bilan ikonalar („Spas“, „Havoriy Pavel“, „Buyuk Vasiliy“ va boshqalar) yaratgan; Moskvada ustaxona ochgan, „Donlik Bibi Maryam“ ikonasi shu yerda yaratilgan deb taxmin qilinadi (1380 yoki 1392). Feotan Grek ijodi juda koʻp rossiyalik rassomlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan.