Saloniki, Fessaloniki (grekcha: Θεσσαλονίκη) — Yunonistondagi shahar, Egey dengizining Termaikos qoʻltigʻi sohilidagi yirik port (yiliga 10 mln. t yuk ortibtushiriladi), Bolqon yarim orol davlatlari uchun tranzit port. Saloniki nomi (viloyat)ning maʼmuriy markazi. Aholisi 378 ming kishi, shahar atrofi bilan 749 ming. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatda Afina shahridan keyin 2oʻrinda. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, metallsozlik, mashinasozlik (xususan, kemasozlik va kema taʼmirlash), toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari mavjud. S.da har yili kuzda xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. universitet, arxeologiya muzeyi bor.

Saloniki
Skyline of Saloniki Fessaloniki Θεσσαλονίκη
Saloniki Fessaloniki Θεσσαλονίκηning bayrogʻi
Bayroq
40°38′25″N 22°56′8″E / 40.64028°N 22.93556°E / 40.64028; 22.93556 G OKoordinatalari: 40°38′25″N 22°56′8″E / 40.64028°N 22.93556°E / 40.64028; 22.93556 G O
Hukumat
 • mer Yannis Butaris
[[File:|290px|Saloniki xaritada]]

S.ga mil. av. 315 yilda Makedoniya shohi Kassandr tomonidan asos solingan.

Mil. av. 148 yilda rimliklar qoʻl ostiga oʻtdi. Vizantiya davrida ahamiyati boʻyicha Konstantinopoldan keyin 2oʻrinda turgan. 1430-yildan Usmonli turklar saltanati tasarrufiga oʻtgan, 1912—13 yillardagi Bolqon urushidan keyin Yunoniston tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan qad. Rim saroy ansambllari, qalʼa devorlari va minoralar, qasr (14-asr), cherkov (4-asr) saqlangan.[1][2]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Thessaloniki and the Bulgarians.History. Memory. Present. https://www.solunbg.org/en/