Filip Chytil (talaffuzi: Filip Chytil; 1999-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — Milliy Xokkey Ligasining (NHL) New York Rangers jamoasida oʻynagan chexiyalik professional xokkeychi. U Rangers jamoasi tomonidan birinchi raundda, 21-oʻrinda, 2017-yilgi NHL kirish draftida jamoa tarkibiga tanlangan. Xalqaro miqyosda Chytil Chexiyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir nechta turnirlarda ishtirok etgan.

Filip Chytil
FilipChytil.jpg
Tugʻilgan joyi 5-sentyabr 1999-yil (1999-09-05) (24 yosh)
Kroměříž
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 204 lb (93 kg; 14 st 8 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
New York Rangers
PSG Zlín
Milliy jamoa  Chexiya
NHLga kirish drafti 21-oʻrin, 2017
New York Rangers
Jamoalardagi faoliyat 2016—hozirgacha

Faoliyati tahrir

Chytil 2016—2017 yilgi mavsumda Chexiyaning Extraliga klubining PSG Zlin jamoasida oʻynagan. U 38 oʻyinda toʻrtta gol va toʻrtta golli uzatma qayd etgan. Bu ligada u 18 yoshgacha boʻlgan barcha oʻyinchilar orasida oʻynalgan oʻyinlar soni, gollar, golli paslar va ochkolar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u Zlinning kichik shoʻbasi uchun ikkita oʻyin oʻtkazgan[1]. 2017-yilgi NHLga kirish draftida u New York Rangers jamoasi tomonidan 21-oʻrinda jamoa tanlangan. NHL draftidan koʻp oʻtmay, Chytil North Bay Battalion jamoasi tomonidan Kanada Xokkey Ligasi (CHL) Import draftida yettinchi oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[2]. 2017-yilning 14-iyulida Chytil New York Rangers jamoasi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[3].

Rangers jamoasi mashgʻulotlarida qatnashganidan soʻng, Chytil mahalliy OAV tomonidan Lars-Erik Syoberg mukofoti bilan lagerning eng yaxshi yangi oʻyinchisi sifatida eʼtirof etilgan[4]. U Mats Zuccarello va Rick Nash oʻrtasidagi oʻyinda beir nechta golli uzatmani amalgan oshirgan[5]. Biroq, NHL darajasida ikkita oʻyin oʻtkazgandan soʻng, u Rangers jamoasining Amerika Xokkey Ligasidagi (AHL) filiali boʻlgan, Hartford Wolf Pack jamoasi tarkibiga qoʻshilgan[6].Chytil va uning hamkasbi Lias Andersson 2018-yilning 25-martida Rangers jamoasi tomonidan chaqirilgan[7]. U oʻzining NHLdagi birinchi golini 2018-yil 30-mart kuni Tampa Bay Lightningga 7-3 hisobida yutqazib qoʻygan oʻyinida urgan[8]. 2021-yilning 29-iyulida Chytil Rangers jamoasi tomonidan yana ikki yillik shartnomaga imzo chekkan[9].

Xalqaro jamoalardagi faoliyati tahrir

Chytil 2016-yilda Ivan Hlinka xotirasiga bagʻishlangan turnirda oltin medalni qoʻlga kiritgan 18 yoshgacha boʻlgan Chexiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2014—2015 PSG Zlín CZE U18 19 6 3 9 10
2015—2016 PSG Zlín CZE U18 30 28 22 50 8
2016—2017 PSG Zlín CZE U20 2 0 0 0 0 1 0 0 0 0
2016—2017 PSG Zlín ELH 38 4 4 8 16
2017—2018 New York Rangers NHL 9 1 2 3 4
2017—2018 Hartford Wolf Pack AHL 46 11 20 31 6
2018—2019 New York Rangers NHL 75 11 12 23 8
2019—2020 Hartford Wolf Pack AHL 9 3 6 9 2
2019—2020 New York Rangers NHL 60 14 9 23 10 3 0 0 0 2
2020—2021 New York Rangers NHL 42 8 14 22 10
2021—2022 New York Rangers NHL 67 8 14 22 14 20 7 2 9 4
ELHdagi ochkolari 38 4 4 8 16
NHLdagi ochkolari 253 42 51 93 46 23 7 2 9 6

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2015 Chex Respublikasi U17 7 5 0 1 1 0
2016 Chex Respublikasi IH18   4 2 1 3 0
2017 Chex Respublikasi WJC18 7 5 2 3 5 2
2018 Chex Respublikasi WJC 4 7 2 2 4 0
2018 Chex Respublikasi WC 7 7 1 1 2 2
2021 Chex Respublikasi WC 7 8 2 2 4 2
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 21 6 7 13 2
Kattalar jamoasidagi ochkolari 15 3 3 6 4

Manbalar tahrir

  1. NYRangers.com. „Rangers Select Filip Chytil“. NYRangers.com (2017-yil 24-iyun). Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
  2. Dawson. „Battalion take New York Rangers top pick in Import Draft“. BayToday.ca (2017-yil 28-iyun). Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
  3. „Rangers agree to terms with forward Filip Chytil“. New York Rangers (2017-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 15-iyul.
  4. „Filip Chytil Named Winner of 2017 Lars-Erik Sjoberg Award“. NHL.com (2017-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  5. „Top pick Filip Chytil, 18, makes Rangers opening day roster“. Newsday.com (2017-yil 3-oktyabr). 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-oktyabr.
  6. Joyce, Greg. „Rangers' prized rookie learning from careful balancing act“. New York Post (2018-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
  7. Best. „Lias Andersson, Filip Chytil recalled by Rangers“. newsday.com (2018-yil 26-mart). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  8. Calamia. „Chytil Scores First NHL in Loss to Lightning“. NHL.com (2018-yil 30-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  9. „Rangers Agree to Terms with Filip Chytil“. NHL.com (2021-yil 29-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  10. Kennedy. „Czechs win Ivan Hlinka tournament, get huge boost for junior program“. thehockeynews.com (2016-yil 15-avgust). Qaraldi: 2017-yil 25-iyun.

Havolalar tahrir

  • Biographical information and career statistics from NHL.com, or Eliteprospects.com, or Eurohockey.com, or Hockey-Reference.com, or The Internet Hockey Database