Finlar (oʻzlarini suomalayset deb atashadi) — xalq, Finlandiyaning asosiy aholisi (4,65 mln. kishi), umumiy soni 5,43 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasi da 47,1 ming kishi (1989). Fin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (lyuteranlar). Boltiqboʻyi fin xalklarining ajdodlari Finlandiyaning jan. ga miloddan avvalgi 3ming yillikda kelib joylashgan. Ular astasekin shim.ga siljib, hozirgi saamlar (loparlar) ajdodlarini siqib chiqarishgan. Jan.garbiy (sumi yohud suomi), markaziy (yemi — yohud xyame), sharqiy (korela yohud karyala qabilalari gʻarbiy guruhi) qabila guruxlarining birlashuvi negizida fin elati shakllangan. F.ning koʻpchiligi sanoatda band.