Firoza Begum (qo`shiqchi)

Firoza Begum (bengalcha: ফিরোজা বেগম : 1930-yil 28-iyul - 2014-yil 9-sentabr) - Bangladeshlik Nazrul Geeti qo'shiqchisi.[2] U 1979-yilda Bangladesh hukumati tomonidan Mustaqillik kuni mukofoti bilan taqdirlangan.

Firoza Begum
ফিরোজা বেগম
Young Firoza Begum 1955.jpg
Firoza Begum, 1955-yil
Tavalludi 28-iyul 1930-yil(1930-07-28)[1]
Buyuk Britaniya Hindistoni, Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida
Vafoti 09-sentabr 2014-yil(2014-09-09)
(84 yoshda)
Bangladesh, Dakka
Fuqaroligi Bangladesh fuqarosi
Kasbi Qo`shiqchi
Turmush oʻrtogʻi
Kamal Dasgupta
(turm. 1955; vaf. 1974)
Otasi Mohammad Ismail
Onasi Begum Kowkabunnesa
Faoliyat yillari 1940–2014
Mukofotlari

Mustaqillik kuni mukofoti (1979) Netaji Subhash Chandra mukofoti Satyajit Rey mukofoti Nosiriddin oltin medali Bangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medali Eng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofoti Nazrul Akademiyasi mukofoti Churuliya oltin medali CBS, Yaponiyadan oltin disk Meril-Protom Alo umr bo'yi faxriy mukofoti (2011)

Sheltech mukofoti (2000)
Bolalari Tahsin Ahmed, Hamin Ahmed, Shafin Ahmed

Yoshligi va karyerasiTahrirlash

Firoza Begum 1930-yil 28-iyulda Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida tugʻilgan.[3] Uning ota-onasi Muhammad Ismoil va Begum Kovkabunnesa edi.[2] U bolaligidan musiqaga qiziqib qolgan.[2] U oʻz faoliyatini 1940-yillarda boshlagan.[4]

Firoza Begum oltinchi sinfda o’qib yurgan chog’ida birinchi marta Butun Hindiston radiosida qo’shiq kuylagan. U xalq shoiri Qozi Nazrul Islom bilan 10 yoshida tanishgan. Son`gra Firoza Begum uning shogirdi bo'ldi. 1942-yilda u HMV plastinafon kompaniyasi tomonidan o'zining birinchi islomiy qo'shig'ini 78 rpm disk formatida yozib oldi. O'shandan beri 12 ta LP, 4 ta EP, 6 ta CD va 20 dan ortiq audiokassetalar chiqarildi.[5] U 1954-yildan 1967-yilda Dakkaga koʻchib kelguniga qadar Kalkuttada yashadi.[2]

Shaxsiy hayotiTahrirlash

1956-yilda Firoza Begum qo'shiqchi, bastakor va so'z muallifi Kamol Dasguptaga (u nikohdan oldin Islomni qabul qilgan va Kamol Uddin Ahmad ismini olgan) turmushga chiqdi. Kamol 1974-yil 20-iyulda vafot etdi. Ularning uchta o'g'lidan ikkitasi Hamin Ahmad va Shafin Ahmad musiqachi bo`ldi. Ular hozirda Miles rok guruhining a'zolaridir.[2]

VafotiTahrirlash

Firoza Begum 2014-yil 9-sentabr kuni Dakkaning Apollo kasalxonasida yurak va buyrak muammosi tufayli vafot etdi.[2]

Mukofotlar va unvonlariTahrirlash

MukofotlariTahrirlash

  • Mustaqillik kuni mukofoti (1979)
  • Netaji Subhash Chandra mukofoti
  • Satyajit Rey mukofoti
  • Nosiriddin oltin medali
  • Bangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medali
  • Eng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofoti
  • Nazrul Akademiyasi mukofoti
  • Churuliya oltin medali
  • CBS, Yaponiyadan oltin disk
  • Meril-Protom Alo umr bo'yi faxriy mukofoti (2011)
  • Sheltech mukofoti (2000)[6][7]

UnvonlariTahrirlash

  • Burdvan universitetidan D Lit
  • Mamata Banerjidan Bongo Shomman (2012)

MerosiTahrirlash

"Feroza Begum xotirasi oltin medali" 2016-yilda Dakka universiteti tomonidan joriy qilingan. Ushbu medal sovrindorlari har yili hakamlar hay'ati tomonidan milliy tan olingan musiqa san'atkorlari orasidan tanlanadi.[8]

2018-yil 28-iyul kuni Google Firoza Begimning 88 yilligini Google Doodle bilan nishonladi.[9]

ManbalarTahrirlash

  1. „Feroza Begum Archive“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Legendary Nazrul singer Feroza Begum passes away“, The Daily Star (9-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "dailystarobit" defined multiple times with different content Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "dailystarobit" defined multiple times with different content Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "dailystarobit" defined multiple times with different content Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "dailystarobit" defined multiple times with different content
  3. Hossain, Ashik. „Firoza Begum passes away“, bdnews24.com (9-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  4. Kamol. „Interview“. YouTube. 21-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2012-yil.
  5. Daily Prothom Alo. 10 September 2014, Special Feature, pg. 7
  6. „Runa, Sabina nominated for Sheltech Award“, The Financial Express. Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  7. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  8. „'Feroza Begum Memorial Gold Medal 2018' awarded to Runa Laila“(ingl.), The Daily Star (31-iyul 2018-yil). Qaraldi: 31-iyul 2018-yil.
  9. „Feroza Begum's 88th Birthday“. Google (28-iyul 2018-yil). Qaraldi: 21-iyul 2020-yil.