Firuz Yusupovich Gʻarib (1946.19.8. Samarqand) — immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998), tibbiyot fanlari doktori (1978), professor (1983), SamTI davolash fakultetini tugatgach (1970), shu institutda oʻrganuvchi-tadqiqotchi, assistent, immunologiya boʻlimi mudiri (1970—76), Samarqand markaziy ilmiy laboratoriya mudiri (1976—80), Toshkent tibbiyot akademiyasining mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi mudiri (1980—95). "Sogʻlom avlod uchun" nodav-lat xalqaro xayriya jamgʻarmasi direk-tori oʻrinbosari (1995—97), Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti direktori (1997—2003), ayni vaqtda "Immunomed" firmasi direktori. Ilmiy faoliyati immunologiya. virusologiya va mikrobiologiyaga oid. Uning rahbarligida mamlakatimizda ilk bor organizmning immun hola-tini tiklovchi "Immunomodulin" preparati ishlab chiqildi. Oʻzbekiston immunologlari ilmiy jamiyati prezidenti (1983—90).

Manbalar tahrir

  • Splenosorbsiya u detey, T., 1995; Immunozavisimne bolezni, T., 1995.