Football Manager — futbol boshqaruvi simulyatsiyalaridan iborat bir qator kompyuter oʻyinlari hisoblanadi. Seriyadagi birinchi oʻyin 1992-yilda „Sports Interactive“ tomonidan „Championship Manager“ nomi bilan chiqarilgan va undan keyin yana bir nechta qismlar yaratilgan. 2004-yilda seriya „Sports Interactive“ ishlab chiquvchilari tomonidan „Football Manager“ nomi bilan qayta tiklangan. Bu oʻyin birinchi boʻlib futbol jamoasi boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan. Oʻyinning eng soʻnggi versiyasi — „Football Manager 2022“ hisoblanadi. Shu jumladan har yangi seriya ishlab chiqarilganda oʻyinda koʻplab yangilanishlar va oʻzgarishlar amalga oshiriladi.

Oʻyinlar seriyasi tahrir

Football Manager 2005 tahrir

2004-yil 12-fevralda „Championship Manager“ oʻyinini ishlab chiqaruvchi „Sports Interactive“ manba kodiga boʻlgan huquqlarni saqlab qolgani eʼlon qilgan, ammo „Championship Manager“ brendiga boʻlgan huquqlar „Eidos“da qoldirilgan. Ushbu oʻzgarishlar kelajakdagi interaktiv futbol sport oʻyinlari mashhur „Football Manager“ brendi ostida chiqarilishini maʼlum qilishga olib keldi.

Futbol boshqaruvi seriyalari uchun noshirsiz qolgan „Sports Interactive“ Sega bilan birlashgan hamda keyinchalik 2006-yil aprel oyida „Sports Interactive“ tomonidan toʻliq sotib olingan.

„Football Manager“ brendi ostida chiqarilgan birinchi oʻyin „Football Manager 2005“ boʻlgan. Shuningdek, bu oʻyin aholi orasida „FM 2005“ nomi bilan tanilgan boʻlib, oʻyin „Eidos“ tomonidan moliyalashtirilgan „Beautiful Game Studios“ kompaniyasining „Championship Manager 5“ bilan bevosita raqobatlashgan.

Shu bilan bir qatorda, „Football Manager 2005“ yangilangan foydalanuvchi interfeysi, takomillashtirilgan oʻyin mexanizmi, yangilangan musobaqalar maʼlumotlar bazasi va qoidalari, oʻyindan oldingi hamda keyingi oʻyin tahlillari, xalqaro oʻyinchilar yangiliklari, kubok xulosasi yangiliklari, jamoa murabbiyi hisobotlari, oʻzaro shartnomani bekor qilish, kengaytirilgan oʻyinchi shartnomasi variantlarini oʻz ichiga olgan turli xil boshqa funksiyalar bilan boyitilgan.

Aytib oʻtish kerak-ki, „Football Manager 2005“ 2004-yil 4-noyabrda Buyuk Britaniyada chiqarilgan, undan keyin dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlarida foydalanilgan va Eurogamer maʼlumotlariga koʻra oʻyin barcha davrlarning eng koʻp sotilgan kompyuter oʻyini boʻlib, 5-oʻrinni egallagan.

Football Manager 2006 tahrir

Windows va OS X uchun „Football Manager 2006“ Buyuk Britaniyada 2005-yil 21-oktabrda chiqarilgan. Eʼtibor qilish kerak boʻlgan jihati, oʻyin ommaga taqdim qilinishi bilanoq Buyuk Britaniyada barcha vaqtlardagi eng tez sotiladigan kompyuter oʻyinlar tarixida ikkinchisi boʻlgan.

„Football Manager 2006“ namoyishi 2013-yil 31-oktabrda boʻlib oʻtgan. Beta versiyasi oʻyin chiqarilishidan taxminan 2 hafta oldin chiqarilgan. Bu oʻyinga oldindan buyurtma berganlar beta versiyasiga kirish huquqiga ega boʻlishgan[1].

Football Manager 2006 — Xbox 360 tahrir

Xbox 360 versiyasi 2006-yil 13-aprelda chiqarilgan va „Football Manager“ seriyasidagi birinchi konsol oʻyini hisoblangan. Toʻliq 50 liga oʻyin tizimlari, shuningdek, 250 000 oʻyinchidan iborat oʻyinchilar maʼlumotlar bazasi (Kompyuter versiyasiga juda yaqin) kiritilgan. Oʻyin, shuningdek, mintaqaviy bepul hisoblangan.

„Football Manager 2006“ 2015-yil 13-noyabrda Windows, Mac OS X va Linux platformalari uchun chiqarilgan.

Football Manager 2007 tahrir

2006-yil 1-oktabrda „Sports Interactive“ „FM 2007“ demosini chiqargan. Uning ikkita versiyasi mavjud boʻlgan: „vanil“ hamda „qulupnay“. Ikkala versiya ham foydalanuvchilarga birinchi mavsumning 6 oyini oʻynashga imkon bergan. „Qulupnay“ versiyasi oʻyinni tez boshlash uchun koʻproq tayyorlangan fayllarni oʻz ichiga oladi shuningdek, koʻproq tillarni va yuqori grafik sozlamalarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Football Manager 2008 tahrir

2007-yil 3-oktabrda „Sega Europe Ltd“ hamda „Sports Interactive“ kompaniyalari „Football Manager 2008“ 19-oktabrda chiqarilishini eʼlon qilgan. Biroq, baʼzi chakana sotuvchilar oʻyinni erta yetkazib berishlari sababli chiqish sanasi 2007-yil 18-oktabrga koʻchirilgan. „Football Manager 2008“ bir qator yangi xususiyatlarga ega boʻlgan. Jumladan, maslahat tizimi, oʻzgartirilgan sardorlik tizimi, jamoaviy gʻalaba bonuslari, yaratilgan oʻyinchilar uchun FaceGen tizimi va boshqalar.

Football Manager 2009 tahrir

U 2008-yil 14-noyabrda Yevropa mamlakatlari peshtaxtalarida paydo boʻlgan. Xususan, „Yangi“ „Football Manager 2005“ paydo boʻlganidan 4 yil oʻtib va bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng ijodkorlar oʻz maqsadiga erishganlar: „Football Manager“ 3D oʻyinni koʻrish rejimini quvvatlagan. Dvigatel Sega kompaniyasining „Virtua Striker“ jamoasining kuchli tomonlari hamda texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan.

Football Manager 2010 tahrir

12-sentabrda SEGA va „Sports Interactive“ „Football Manager 2010“ ning chiqish sanasini 2009-yil 30-oktabr deb eʼlon qilgan[2].

Football Manager 2011 tahrir

Oʻyin Sega tomonidan 2010-yil 2-noyabrda chiqarilgan. 2010-yil 11-avgustda dasturchi „Sports Interactive“ oʻyin videosini koʻrsatib, „Football Manager 2011“ga kiritilgan yangi funksiyalarni, masalan, agentlarning imkoniyatlarini kengaytirishni eʼlon qilgan. Boshqa yangiliklar haqida „Mirror Football“ blogida Miles Jeykobson aytib oʻtgan.

Football Manager 2012 tahrir

Oʻyin 2011-yil 21-oktabrda sotuvga chiqarilgan. Rossiyada u 1C-SoftKlab tomonidan nashr etilgan. Bu „Steam“ raqamli tarqatish xizmati orqali tarqatiladigan „Football Manager“ seriyasidagi birinchi oʻyin boʻlgan. „Football Manager 2012“ ning asosiy innovatsiyasi yangi saqlashni (yangi oʻyinni) boshlamasdan, martaba davomida ligalarni dinamik ravishda yoqish/oʻchirish qobiliyatlari bilan taʼminlangan boʻlgan.

Futbol menejeri 2013 tahrir

„Football Manager 2013“ chiqish sanasi 2012-yil 2-noyabr deb eʼlon qilingan. Sega tashabbusida yaratilgan. Rossiyaning 1C-SoftKlab nashriyoti oʻyin ustida ishlashgan.Oʻyin tuzuvchisi „Sports Interactive“ hisoblangan.

„Football Manager 2013“ namoyishi 2013-yil 31-oktabrda boʻlib oʻtgan. Beta versiyasi oʻyin chiqarilishidan taxminan 2 hafta oldin chiqarilgan hamda oldindan buyurtma berganlar beta versiyasiga kirish huquqiga ega boʻlishgan[1].

Football Manager 2014 tahrir

2013-yil 31-oktabrda chiqarilgan oʻyinning beta versiyasi oʻyin chiqarilishidan taxminan 2 hafta oldin yuklab olish istagida boʻlganlar uchun chiqarilgan. Shuningdek, „Football Manager 2014“ga oldindan buyurtma berganlar beta versiyasiga kirish huquqiga ega boʻlishgan[1].

Football Manager 2015 tahrir

„Football Manager 2015“ chiqish sanasi 2014-yil 7-noyabr deb eʼlon qilingan. Sega tashabbusida yaratilgan. MDHning 1C-SoftKlab nashriyoti oʻyin ustida ishlashgan.Oʻyin tuzuvchisi „Sports Interactive“ hisoblangan. Oʻyinning joriy versiya 15.3.2 boʻlgan.

„Football Manager 2015“ 2015-yil 13-noyabrda Windows, Mac OS X va Linux platformalari uchun chiqarilgan.

Football Manager 2016 tahrir

„Football Manager 2016“ 2015-yil 13-noyabrda Windows, Mac OS X va Linux platformalari uchun yoydalanishga chiqarilgan.

Football Manager 2017 tahrir

„Football Manager 2017“ Sports Interactive tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, Sega tomonidan 2016-yil 4-noyabrda Windows, Mac OS X va Linux platformalari uchun yaratilgan.

Football Manager 2018 tahrir

„Football Manager 2018“ oʻyini „Sports Interactiv“e tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, Sega tomonidan 2017-yil 10-noyabrda Windows, macOS va Linux platformalari uchun chiqarilgan. Seriya tarixida birinchi marta iOS va Androidda yaratilgan.

Football Manager 2019 tahrir

„Football Manager 2019“ ham „Sports Interactive“ tomonidan ishlab chiqilgan va Sega tomonidan 2018-yil 1-noyabrda Windows, macOS va Linux platformalari uchun chiqarilgan.

Football Manager 2020 tahrir

„Football Manager 2020“ „Sports Interactive“ tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, Sega tomonidan 2019-yil 31-oktabrda Windows, macOS, Linux va Stadia bulutli oʻyinlar xizmati uchun chiqarilgan.

Boshqa oʻyinlar tahrir

Football Manager Mobile tahrir

„Football Manager Handheld“ „FMH“ nomi bilan tanilgan. „Football Manager Mobile“ birinchi marta 2006-yil 13-aprelda PSPda chiqarilgan. Bu qoʻl konsoli uchun birinchi „Sports Interaktiv“ oʻyini boʻlgan. Oʻyin avvalgi „Sports Interactive“ mahsulotlariga koʻproq oʻxshash boʻlishi uchun ishlab chiqilgan hamda simulyatsiya uchun real tuygʻuni saqlab qolgan.

2015-yilda iOS va Android qurilmalari uchun yangi 2D o‘yin simulyatsiyasi mexanizmi, shuningdek, o‘yinning „o‘yin ichidagi muharriri“ni sotib olish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Football Manager Live tahrir

2007-yil 20-aprelda „Sega Europe Ltd“ va „Sports Interactive“ yangi onlayn multiplayer oʻyiniga aylangan „Football Manager Live“ haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilgan. „Football Manager Live“ 2008-yilning noyabr oyida Microsoft Windows va OS X platformalari uchun chiqarilgan[3].

Football Manager Online tahrir

2015-yil 12-mart kuni „Sega Publishing Korea Ltd.“ va „Sports Interactive“ yangi onlayn multiplayer oʻyini boʻladigan „Football Manager Online“ haqida maʼlumotlarni eʼlon qilgan[4].

Taʼsir qilishi tahrir

„Football Manager“ haqiqiy futbol klublari tomonidan skautlar uchun manba sifatida tan olingan. 2008-yilda Everton klubi „Sports Interactive“ bilan shartnoma imzolagan, bu ularga oʻyin maʼlumotlar bazasidan transferlar uchun oʻyinchilarni topish uchun foydalanish imkonini bergan[5].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Архивированная копия“. 2013-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-oktyabr.
  2. „Анонс Football Manager 2010 (рус)“. 2015-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-avgust.
  3. „http://www.footballmanagerlive.com/en/article/89/1526.html“. 2011-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  4. „Архивированная копия“. 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
  5. „Everton signs Football Manager database“. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.