Fos, Fes — Marokashning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Fos viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 772 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Savdotransport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Stanoksozlik zavodi bor. Hunarmandchilikda mato toʻqiladi, sopol idishlar va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Mamlakatning madaniytarixiy markazi. Magʻribning diniy markazlaridan biri. Mashhur Karauin musulmon universiteti (859.), Marokash sanʼati muzeyi bor. Shaharga ilk bor 8-asrda asos solingan boʻlib, 3 qismdan iborat: Fos alBali (eski F., 789 yilda Idrosi I asos solgan), Fos alJadid (yangi F., 1276-yilda kurila boshlagan) va 1916-yildan keyin qurilgan zamonaviy shahar.

Shahar 9— 10-asrlarda Idrisiylar davlati markazi boʻlgan. 13—15-asrlarda Mariniylar davlati, 14-asrdan Magribning siyosiy markazi. 1911-yilda F.ni fransuzlar bosib olgan. 1956-yildan Marokash mustaqillikka erishgach, F. tez rivojlana boshladi. FOSGEN, karbonat kislota dixl orangidrid i, SOS12 — chirigan pichan hidi keladigan rangeiz gaz. Mol. m. 96,92. Suyuqlanish temperaturasi — 188°, qaynash temperaturasi 8,2°; bugʻlarining havoga nisbatan zichligi 3,5; suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazsimon F. xdvo nami taʼsirida sekin, suvda esa tez gidrolizlanadi. F. SO ga S12 (faollangan kumir ishtirokida) taʼsir ettirib olinadi.

F. — juda zaharli modda, nafas yoʻllariga kuchli taʼsir etadi. F. taʼsir etganda gaz almashinuvi buziladi, kislorod yetishmaydi, qon quyuklashadi va iviydi, qon aylanishi qiyinlashadi. Kuchsiz zaharlanganda bronxlar zararlanadi, kuchli zaharlanganda nervpsixik zararlanish ham roʻy beradi.

Birinchi jahon urushida (1914—18) F. boʻgʻuvchi zaharlovchi moddalar sifatida ishlatilgan. 0,005 mg/l F. xavfli; 0,1—0,3 mg/l F. 15 minutda odamni oʻldiradi. F.dan saqlanish uchun protivogaz kiyish kerak. FOSIQ (arab. — yoʻldan adashgan, axloqsiz) — 1) islom anʼanasida diniy majburiyatlarni ado etmagan gunohkor. Kurʼonda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida soʻz borarkan, koʻplarining F. ekanligi biddiriladi, ayrim oyatlarda moʻminlarga nisbatan ham ishlatilib, Alloh F.lardan rozi boʻlmaydi, ehsonlarini qabul etmaydi va oʻzlarini hidoyatga erishtirmaydi, ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi, deb bayon qilinadi; 2) axloqiy maʼnoda — fahsh, buzuq odam.