Zilola Ashurova 1987 yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan.

2012 yil turmushga chiqib, AQShga koʻchib ketadi

Oʻqish Faoliyati 1993-2004 yillarda Buxoro shahridagi 29-oʻrta umumtaʼlim maktabidi aʼlo baholarda tahsil oldi.

2004-2008 yillar Buxoro Davlat Unniversiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili boʻlimida Bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli oʻqidi.

2008-2010 yillar Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Tarjimonlik boʻlimida Magistraturani qoʻlga kiritdi.

Ish Faoliyati

2008-2009 yil Toshkent shahridagi Sirojiddinov nomli Oʻzbekiston Davlat Milliy Universiteti qoshidagi Akademik litseyda inliz tili oʻqituvchisi sfatida ish faoliyatini boshladi.

2010-2011 yil Buxoro shahrida Buxoroturist Ltd „Grand Buxoro“ mehmonxonasida marketing boʻlimi mutaxassisi, tarjimon, Buxoro shahri gidi vazifalarida ishladi.

2011-2012 yil Buxoro shahri 19-oʻrta umumtaʼlim maktabida kichik ilmiy boʻlim mudirasi hamda ingliz tili oʻqitivchisi boʻlib ishladi.

2015 yildan hozirgacha AQSh dagi bir qator tarjimonlik firmalarda ogʻzaki tarjimon sifatida ish faoliyatini davom ettiryapti.