Organik kimyo — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyotj bir boʻlimi. Organik kimyo ning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va shahrik. ham organik birikmalarga taallukli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Mas, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziqovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoklardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum. Mas, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yoglari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoklardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum. Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Pekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. "Organik kimyo" terminini fanga ilk bor 1827 yil da Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828 yilda nemis kimyogari F. Vyoler lab. sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqa uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupierovnmng organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi.

[1]

  1. kimyo