F.W.de Klerk

Janubiy Afrika prezidenti (1989—1994)

Frederik Willem de Klerk (1936-yil 18-mart, Johannesburg — 2021-yil 11-noyabr, Cape Town) — Janubiy Afrika Respublikasining prezidenti, siyosatchi[1].

F.W.de Klerk
Tavalludi 1936-yil 18-mart
Vafoti 2021-yil 11-noyabr
Cape Town, JAR
Fuqaroligi JAR
Otasi Johannes de Klerk
Onasi Corrie Coetzer

Faoliyati

tahrir

Klerk 1958-yilda Potchefstroom universitetini tamomlagan. 1973-yilda ushbu universitetning professori boʻlgan. 1978-yildan boshlab vazirlar boshqarmasida bir qator lavozimlarni, jumladan, ichki ishlar vaziri lavozimini ham egallagan. 1982-yilda Klerk Milliy partiyaning boʻlim rahbari boʻlgan. 1984-yilda mahalliy boshqaruv ishlari va taʼlim boʻyicha vazir, 1989—1994-yillarda JAR prezidenti, 1994—1996-yillarda JAR prezidentining oʻrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1989-yildan boshlab Natsionalistlar partiyasining yetakchisi boʻlgan. 1993-yilda Nobel tinchlik mukofoti laurenti deb eʼtirof etilgan[2].

Siyosiy faoliyati

tahrir

1989-yilning sentyabridagi saylovda uning partiyasi gʻalaba qozongan. 1990-yilning fevralida Afrika Milliy Kongressi (AMK) muxolifat harakatidan taqiqni olib tashlagan va uning amaldagi yetakchisi Nelson Mandelani qamoqdan ozod etgan. 1991-yilda irqiy kamsitish xarakteriga ega boʻlgan hamma qonunlarni bekor qilgan. 1989-yilda partiya yetakchisi lavozimida va shu yilning avgustida davlat prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 1991-yilning dekabrida AMK bilan muzokaralarga kirishgan. 1994-yilning fevralida Klrek va Nelson Mandela saylovdan keyin milliy birdamlik hukumatini tashkil etish haqida kelishuvga erishishgan.

1991-yilda guruhlarga ajratish, aholini roʻyxatdan oʻtkazish va jamoat xavfsizligi haqidagi kamsituvchi qonunlar bekor qilingan. 1990-yilda Klerk va Nelson Mandela yangi konstitutsiya haqida konsultatsiyalar boshlashgan va ular 1991-yilning dekabrida uni tayyorlash uchun konferensiya chaqirilgan. Klerk 1992-yilning aprelida Nigeriyaga tashrif buyurgan birinchi Janubiy Afrikalik oq tanli hisoblangan. 1994-yilda Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi demokratik saylovda AMK gʻalaba qozongan. Milliy partiya 21 foiz ovoz olgan. Klerk prezidentning ikkinchi oʻrinbosari etib saylangan. 1996-yilning iyunida u isteʼfoga chiqqan. 1997-yilning avgustida esa Milliy partiya boshligʻi lavozimini hamda siyosatni tark etishini eʼlon qilgan[3].

Vafoti

tahrir

Klerk 2021-yil 11-noyabrda 85 yoshida saraton kasalligi sababli vafot etgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. [C-SPAN.org https://www.c-span.org/video/?124979-1/the-trek-beginning „The Last Trek: A New Beginning“]. c-span.org/. 1999-yil 11-iyunda asl nusxadan [C-SPAN.org https://www.c-span.org/video/?124979-1/the-trek-beginning arxivlangan]. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  2. „Nelson Mandela's fraught relationship with FW de Klerk“. telegraph.co.uk. 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  3. „FW de Klerk: South Africa's last white president“. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  4. „FW de Klerk: South Africa's last apartheid president dies at 85“. telegraph.co.uk. 2024-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.