Talaba (biografik asar)
Talaba — 2018-yilda Amerikalik yozuvchi Tara Westover tomonidan yozilgan asar. Westover asar orqali taʻlimning hayotimizda tutgan oʻrni naqadar muhim ekanligini yoritib bergan. Yozuvchi Idaho togʻlarida kechgan sayohati davomida Cambridge universitetining tarix boʻlimidagi Doktorlik dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazgan. Westover 17 yoshida kollejda norasmiy oʻqishni boshlagan.
Muallif(lar) | Tara Westover |
---|---|
Muqova artist(lar)i | Patrik Svensson[1] |
Mamlakat | AQSH |
Til | inglizcha |
Nashr etilgan sanasi | 2018-yil 18-fevral |
Nashriyot | Random House |
Sahifalar soni | 352 sahifa |
ISBN | 978-0-399-59050-4 |
Veb-sayt | tarawestover.com/book |
Kitob 2020-yilning 13-sentyabrida The New York Times jurnalining bestseller kitoblari roʻyxatidan joy olgan[2]. 2019-yilda Alex Award mukofotiga loyiq koʻrilgan[3].
Syujet
tahrirWestoverning otasi qizining hayotdan oddiylikni izlashga boʻlgan urinishlarini rad etadi. Uning akasi Shawn Westoverga yordam beradi va aka-singil qadrdon boʻlib ulgʻayadilar. Biroq, akasi uni jismoniy zoʻrlashga kirishadi. Bu haqoratli voqeadan xabar topgan Westoverning ukasi Tyler opasidan uyni tark etishini talab qiladi. Westover Brigham Young Universitetiga ariza topshiradi.
Biroz muddat oʻtgach, Westover Cambridge universitetida oʻqishni boshlaydi va turli xil stipendiya hamda imtiyozlar yutib oladi. Westover stipendiyasini saqlab qolish uchun baholarining aʻlo ekanligiga eʼtibor berishi kerak edi. Imtihonlarning murakkabligi haqida tinimsiz oʻylashlar Westoverda stressni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, uning tashqi dunyodan uzoqlashishi va rasmiy taʻlimning etishmasligi ham bir qancha muammolar keltirib chiqaradi.
Westover oilasining ijtimoiy ahvoli haqida ishongan professorlaridan biriga aytib beradi. Professor uni Cambridge universitetining xorijdagi loyihasida taʼlim olishga undaydi. Kingʻs kollejiga yetib kelgach, yosh Westover professor Jonathan Steinberg bilan ishlash uchun maʻsul shaxs sifatida biriktiriladi. Professorlarning har ikkalasi Westoverga taʼlimini oliy oʻquv yurtlarida davom ettirishni maslahat berishadi.
Westover oilasiga qaytgach akasi Shawnning xasataligi va unga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi haqida ota onasini ogohlantiradi. Biroq, ota onasi bu vaziyatga befarq boʻlishadi. Natijada, Shawn olamdan oʻtadi. Westover taʼlimga va sogʻliqqa befarq oilasi bilan boʻlgan aloqa hamda qarindoshlik rishtalarni uzadi. U yolgʻiz ukasi Tyler bilan xabarlashib turadi. Tyler Westoverga PHDsini muvaffaqiyatli yakunlashida koʻmak beradi va ruhlantiradi.
Yillar oʻtib Wetsover ona tarafdan buvisining dafn marosimiga tashrif buyuradi. Oxir-oqibat, u barchasidan butunlay uzoqlashishi kerakligiga hamda butun diqqatini taʼlimiga qaratishi lozimligiga amin boʻladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Tara Westover. Educated: A Memoir. Random House Publishing Group, February 20, 2018 — 1-bet. ISBN 978-0-399-59051-1.
- ↑ „Hardcover Nonfiction Books - Best Sellers“ (en-US). The New York Times. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Book“ (en-US). Tara Westover. Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.