"Amir Temur Tuzuklari"

"TEMUR TUZUKLARI"-Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan ma'lumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur' va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Bu asdar Amir Temur davridagi o'zbek davlatchiligi tarixini o'rganishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o'zbek tilida bitilgan. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri- Yaman hokimi Jafar Poshoning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bog'liq. "Tuzuki Temuriy" ning so'z boshida keltirilishicha, O'rta Osiyolik Mir Abu Tolib Husayniy al- Ariziy at- Turbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni o'qishga muyassar bo'lgan va 1610-y. Jafar Poshoning topshirigi bilan uni fors tiliga o'girgan. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo'lga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamalakatni, jumladan, Gruziya va Hindistonni o'z tasarrufiga kiritishi, Oltin O'rda hukmdori To'xtamish, turk sultoni Boyazid1 Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda bo'lganligi buyuk Sohibqiron tilisda ixcham tarzda bayon etilgan.