Mirzahamid Mirzalatipov Mirzaasror o'g'li, 1996-yil 9-mayda Farg'ona viloyati Rishton tumani Jalayer qishlog'ida tavallud topgan. Dastlab u qishloqning 38-o'rta umumta'lim maktabida ta'lim oldi. 7-sinfni tamomlab Bag'dod tumanidagi 3-IDUMIda o'qishni davom ettirdi. U o'rta ta'limni Bag'dod akademik litseyida o'tadi.

2016-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Institutiga talabalikka yuqori ball bilan davlat granti asosida qabul qilindi. Institutning 2-bosqichida o'qib yurgan vaqtlarida dastlabki tezis, ilmiy maqolalarini yozdi.