Xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag'rikenglikni ta'minlash. Assalomu alaykum. Biz so'zimizni shu tariqa boshlaymiz. Nega? Chunki salom berish biz o'zbeklarning milliy mafkura, milliy qadriyatlarimizning bir belgisi sanaladi. O'zbek xalqi o'zaro mehr-muruvvatli, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat bilan muomala qiladigan, inson qadr-qimmatini ulug'laydigan, yuksak ma'naviy merosga ega millat hisoblanadi. O'zbeklar O'zbekistonning tub xalqi bo'lib, ular bu mamlakatdagi boshqa millat vakillari bilan tinchlik-totuvlikda, millatlararo hamjihatlikda yashab kelmoqdalar.