Foydalanuvchi:Muhammadjon Raxmataliyev/Al-bidoya val-nihoya

Muhammadjon Raxmataliyev/Al-bidoya val-nihoya
Muallif(lar) Ibn Kasir
Mamlakat Mamluk sultonligi
Til arabcha
Janr(lar)i Islom tarixi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 768-hijriy
Sahifalar soni 10125 sahifa (14 jild)


“Al-Bidoya van-nihoya” (arabcha : البداية والنهاية- "Boshlanish va tugash") yoki “Tarixi ibn Kasir” ("Ibn Kasir tarixi") - ahli sunna olimi Ibn Kasirning islom tarixiga oid yirik hajmli asari[1][2].

Umumiy tavsif

tahrir

Ibn Kasirning mazkur asari islom tarixiga oid eng motabar manbalardan biri hisoblanadi. Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, unda nafaqat o'tmish hodisalari, balki Muhammad (s.a.v.)zikr qilgan kelajakdagi voqealar haqida ham ma’lumot berilgan. Kitobning turli jildlarida islom ta’limotiga ko‘ra, inson yaratilishining boshlanishi va uning yer yuziga yuborilishi,  payg‘ambarlar hayoti, sahobalar davri va hijriy VIII asrgacha bo‘lgan voqealar haqida so‘z yuritiladi[2]. Oxirgi jildda musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, odamlar jannatga yoki jahannamga kiradigan vaqt, ya’ni qiyomat kunining alomatlari kabi kelajak voqealari bashorat qilingan[1].

Asarning ahamiyati

tahrir

Ushbu kitob islom tarixi bo‘yicha muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Ibn Kasir ishonchli va birlamchi manbalar asosida ko‘plab ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Asar ingliz va yana ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Robinson, Chase F. (2003). Islamic Historiography. Cambridge University Press. p. 134. ISBN 978-0-521-62936-2. Retrieved 29 November 2022.. 
  2. 2,0 2,1 Petry, Carl F. (26 May 2022). The Mamluk Sultanate. Cambridge University Press. p. 229. ISBN 978-1-108-47104-6. Retrieved 29 November 2022.. 

Yana qarang

tahrir