Shohjahon27
Dofamin
Organizmda dofamin katexolaminlar almashinuvida noradrenalindan oldin alfa tirozindan hosil bo'ladi. Miyada dofaminoretseptorlar bilan bog'lanib, markaziy nerv sistemasida neyromediator vazifasini bajaradi. Dofaminoretseptorlar ikki turga D1(va D2 - retseptorlarga bo'linadi. D1- retseptorlar faoliyati dofaminni adenilatsiklaza fermenti, siklik AMF ning oshirishi bilan bog'liq. Dofamin asosan D2 - retseptorlarni qo'zg'atadi, bunda simpatik nervlar oxirida katexolaminlarning, ularning preganglionar tolasidan atsetilxolinning ajralishi chegaralanadi, gipofizdan prolaktin gormoni, jag' osti bezlaridan so'lak ajralishi kamayadi, trigger sohasining faolligi oshib boradi. Yuqori miqdorda dofamin D1retseptorlarni ham qo'zg'atadi, ular qo'zg'alganda ichak, charvi, buyrak, miya tomirlarining silliq mushaklari bo'shashadi. Dofaminoretseptorlarni qo'zg'atuvchi moddalar dofaminomimetik deb ataladi, ularga dofamin, apomorfin, bromokriptin kiradi. Neyroleptiklarda dofaminoretseptorlami falajlash xususiyati bor.
Dofamin dori modda sifatida sintetik yo‘l bilan olinadi, organizmga yuborilganda dofaminoretseptorlarni hamda yuqori miqdorda adrenoretseptorlarni qo'zg'atib, noradrenalinning granulalardan chiqishini oshiradi, ya’ni bilvosita adrenomimetik ta’sir ko'rsatadi. Dofamin noradrenalinga nisbatan kamroq bo‘lsa ham chetda joylashgan tomirlar qarshiligini, sistolik qon bosimini, yurak kuchini, yurakdan chiqadigan qon hajmini oshiradi, yurakning urish tezligi deyarli o‘zgarmaydi. Miokardning kislorodga ehtiyoji oshsa ham, toj tomirlarda qon aylanishi yaxshilanishi tufayli miokard kislorod bilan yetarli ta’minlanadi. Buyrak tomirlarining qarshiligi ham kamayadi, buyrak koptokchalarida filtratsiya jarayoni oshib boradi, mezenterial tomirlar ham kengayadi. Dofamin buyrak va mezenterial tomirlarga ta’siri bilan noradrenalin va adrenalindan farq qiladi.Dofamin kardiogen shok, o'tkir yurak yetishmovchiligini davolash uchun venalarga yuboriladi, gematoensefalik to'siqdan o'tmaydi, markaziy nerv sistemasiga deyarli ta’siri bo'lmaydi. Dofamin chala, gipoksiyada tug'ilgan chaqaloqlarda yurak va qon tomirlar tonusini tutib turadi, gipoksiyada tug'ilgan chaqaloqlarda kichik qon aylanishida ro'y beradigan gipertenziyani bartaraf qiladi. Dofamin chaqaloqlarning gematoentsefalik to'sig’idan osongina o'tib, markaziy nerv sistemasiga ta’sir etishi mumkin: chaqaloqlar organizmida dofamin sekinroq parchalanadi, yuqori miqdorda taxikardiya, aritmiya paydo qilishi, buyrak tomirlarini qisqartirishi mumkin.
Dofamin sevgi garmoni ham deyiladi
Dopaminum
Ampulalarda 0,5% va 4% li eritma 5 ml dan
V/i 25 yoki 200 mg moddaning 125 yoki 400 ml 5% li glyukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmasida