/* "Qo'rqma" romani */ yangi mavzu tahrir

"Qo'rqma" romani - "Asaxiy Books" loyihasi doirasida "Nihol" nashriyoti tomonidan 2020-yilda nashr qilingan badiiy asar hisoblanadi. Muallifi: Javlon Jovliyev. Roman voqealarini qisqacha so'zlar bilan ifoda etib bo'lmaydi. Barchasi shu qadar tig'izki, shoshirib qo'yadi. Majoz, obraz, ifoda, o't, hech kimnikiga o'xshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, ko'rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik da'vosidagi yolg'onlar, rux va qondagi paradokslar sizni o'tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o'ylatadi, yig'latadi va achchiq-achchiq kuldiradi. O'tgan asr boshida Germaniyada o'qigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi. Muallif ushbu romanni o'quvchilarga ushbu so'zlarni yozib qoldirgan: "Muhtaram o'quvchi, ushbu romanni o'tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shavqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining nurli va yoniq xotirasiga baxshida etaman. Asar ular ruxi hamda ulug' millatim oldidagi qarzdorlik burchi o'laroq dunyoga keldi.".