Foydalanuvchi munozarasi:Begoyim.Abdumurodovna/qumloq
Eron milliy taomlari
tahrirEronning har bir mintaqasining oʻziga xos taomlari bor. Ularning aksariyati milliy taomlar hisoblanib, mamlakatning hamma yerida tayyorlanadi va isteʼmol qilinadi. Eronning mashhur va mazali taomlaridan biri guruch va qoʻy yoki mol goʻshti bilan tayyorlanadigan Chelu kabobdir. Chelu joʻje, chelu xuresh va chelu moʻrgʻ keng tarqalgan Eron taomlaridandir. Aksariyat eronliklar anʼanaviy va mazali Eron shoʻrvasini ham yaxshi koʻradilar. Eron xalqining mol goʻshti, qoʻy, tovuq va baliq goʻshtiga boʻlgan muhabbati tufayli Eron[1] oshxonasida turli xil va mazali taomlar mavjud. Eron taomlarining asosini guruchli taomlar,bodom,pista,qaynatilgan sabzi yoki apelsin qobigʻi va mayiz, bundan tashqari esa sabzavot va ziravorlar hamda vaqti-vaqti bilan goʻsht tashkil etadi[2]. Bundan tashqari Eron taomlari orasida ikra va qisqichbaqalar ham mavjud. Non va guruch eronliklarning asosiy taomidir. Eron noni juda xilma-xildir. Eron aholisining aksariyati ovqatlarini non bilan isteʼmol qiladilar. Ayron sovuq ichimlik, choy esa Eronda keng tarqalgan issiq ichimlik hisoblanadi. Eronliklar koʻpincha choyni boshqa ichimliklar, jumladan, qahvadan afzal koʻradilar.
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. [„Persian Cuisine, a Brief History“. Culture of IRAN. Qaraldi: 8-yanvar 2016-yil. „PERSIAN CUISINE Perian Cuisine,“].
Begoyim.Abdumurodovna (munozara) 20:24, 7-Dekabr 2022 (UTC)
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. Masssoume, Price „Perian Cuisine, a Brief History“ (Ingliz). Culture of iran. Persian Cuisine (2009-yil oktyabr). 25-oktyabrda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.
- ↑ Perian Cuisine, a Brief HistoryMassoume PriceOctober, 2009Persian Cuisine: Traditional, Regional, and Modern Foods M. R. Ghanoonparvar, Mazda Publishers, 2006